Jahon | 18:40 / 23.06.2019
9203
2 daqiqa o‘qiladi

400 dan ko‘proq uchuvchi Boeing’ga qarshi sudga ariza berdi

Foto: CC BY 2.0 / Steve Lynes / Boeing 737 Max

400 dan ko‘proq uchuvchi 737MAX modelini konstruksiyalash vaqtida nosozliklarni yashirgani uchun Boeing kompaniyasiga qarshi sudga guruh bo‘lib da'vo arizasi berdi. Bu haqda ABC telekanali xabar berdi.  

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, 737 MAX’da uchishga tayyorlangan uchuvchilar ko‘plab aviakompaniyalar ushbu modeldagi samolyotlardan foydalanishni to‘xtatib qo‘ygani sababli ularning ziyon ko‘rishi va ruhiy muammolarga duch kelishiga sabab bo‘lgan qarorlar uchun AQSh kompaniyasini sudga berishgan.

Jumladan, uchuvchilar Boeing’ni MAX’ni loyihalashda ikki aviahalokat yuz berishi va keyinchalik ushbu samolyotlar ekspluatatsiyasining to‘xtatilishiga sabab bo‘lgan nosozliklarni yashirishda ishtirok etishda ayblashgan.  

Ta'kidlanishicha, ushbu ish bo‘yicha sud jarayoni 21 oktyabrda bo‘lib o‘tadi. 

2019 yil mart oyida Ethiopian Airlines va 2018 yil noyabrda Lion Air aviakompaniyalarining 737 MAX samolyotlari halokatidan keyin ushbu modeldagi samolyotlarda parvozlar AQSh va boshqa davlatlarda taqiqlab qo‘yilgandi. Ikkala aviahalokatda umumiy hisobda 346 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Mavzuga oid