Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kobulda Afg‘oniston boks federatsiyasi rahbari otib ketildi
Kobul markazida noma'lum shaxslar tomonidan Afg‘oniston boks federatsiyasi bosh kotibi Hamiludda Hamidiy otib ketildi. Qotillik 23 iyun ertalab sodir etilgan, deb xabar berdi federatsiya matbuot kotibiga iqtibos keltirgan holda Tolo News nashri.
Qurollangan kishilar Hamidiy o‘z ofisiga yo‘l olayotganda unga hujum qilishgan. Uning jasadi sog‘liqni saqlash vazirligi sud tibbiyoti bo‘limiga yetkazilgan.
Hozircha hech kim ushbu jinoyat uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan. Hamidiyning o‘ldirilishi sabablari ham noma'lumligicha qolmoqda.
Ta'kidlash joiz, boks Afg‘onistondagi eng ommaviy sport turlaridan biri hisoblanadi. Ushbu sport turi vakillari oxirgi Olimpiadalarda Afg‘onistonni taqdim qilgan kam sonli sportchilardan hisoblanishadi.
Mavzuga oid
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026