O‘zbekiston | 22:32 / 23.06.2019
15399
8 daqiqa o‘qiladi

OAV: O‘zbekiston ikki yilda islom moliyasini shakllantirdi

O‘zbekiston o‘tgan ikki yil o‘zining islomiy iqtisodini shakllantirish bilan band bo‘ldi, deb yozadi Salaam Gateway nashri.

Nashrda ta'kidlanishicha, O‘zbekiston bir paytlar sobiq Sovet tuzumi tarkibida bo‘lgan, ayni paytda Markaziy Osiyodagi aholisi eng ko‘p davlat hisoblanadi. 

«32 million xalqning asosiy qismini musulmonlar tashkil qiladi. 

Mamlakatni «temir qonunlar» bilan ushlab turgan birinchi Prezident Islom Karimovning vafotidan keyin, iqtidorga kelgan Prezident Shavkat Mirziyoyev ochiq iqtisod tizimiga o‘tish va xorijlik investorlarni jalb qilishga qaror qildi», — deya ta'kidlanadi nashrda. 

Mirziyoyev hukumati chet investitsiyasini maqsadli yo‘naltirishda ancha muvaffaqiyatga erishgani e'tirof etilgan. 

Nashrga ko‘ra, BMTning savdo va taraqqiyot masalalariga bag‘ishlangan konferensiyasi tahlilida O‘zbekistondagi investitsiya oqimi 2018 yilda avvalgi yilga nisbatan 4 baravarga ko‘paygan.

«Bu 98 million dollarning 412 million dollarga oshishi bilan baholanadi. Asosiy investorlarni o‘zbek gazi va yoqilg‘isi bilan qiziqadigan rossiyaliklar tashkil qilgan bo‘lsa, 2018 yildan Xitoy, Hindiston, Turkiya va Koreya Respublikasining ham O‘zbekistonga qiziqishi kuchaydi.

Islom iqtisodiy sektorida esa O‘zbekiston asosan quyidagi 3 narsaga e'tibor qaratmoqda: o‘zining islom moliyaviy tizimini yaratish, mamlakatni musulmon sayyohlar uchun ochish va islom iqtisodidagi davlatlar bilan savdo aloqalarini o‘rnatish», — deyiladi nashr e'lon qilgan maqolada. 

Mamlakatdagi islom moliyasi tizimi

2018 yil iyulda O‘zbekiston bank sektori va tashqi savdoni rivojlantirish maqsadida islom iqtisodi boshqaruvi va islom moliyaviy institutlarini joriy qilish rejalashtirilganini ma'lum qilgan edi.

«Islom iqtisodi O‘zbekiston uchun birinchi darajada bo‘lishi anglashilmasa-da, biroq Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom Taraqqiyoti Korporatsiyasining (ICD) shar'iy-moliyaviy masalalarga e'tibori kuchayishi —  O‘zbekistonda ham bu tizimga diqqat qaratish vaqti kelganini ko‘rsatdi. Bu korporatsiya Islom Taraqqiyoti Bankiga a'zo tashkilotlardan biri hisoblanadi va O‘zbekistonning qator banklari u bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish maqsadida O‘zbekistonning Buyuk ipak yo‘li banki Islom Taraqqiyoti korporatsiyasidan 2006 yili 2 million, 2010 yil 5 million, 2017 yilda esa 14 million dollar moliyaviy mablag‘ olgan.

2018 yil iyul oyidan boshlab yana ikki bank: Trastbank va Invest finans bank ham ICD bilan moliyaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

Oradan ozgina vaqt o‘tib centyabr oyida esa Islom Taraqqiyoti Korporatsiyasi O‘zbekistondagi 6ta institut: Kapitalbank, Asaka bank, Turonbank, Hamkorbank, O‘zsanoatqurilishbank, “Asia Alliance bank” bilan shar'iy-moliyaviy masalalar bo‘yicha shartnoma imzoladi», — deyiladi maqolada. 

Shu yilning iyun oyida esa Kapitalbank Islom Taraqqiyoti Korporatsiyasi bilan Saudiyadan texnik yordam olish imkonini beruvchi shartnomani imzoladi. Bu kelishuv Islom Banki uchun O‘zbekistonda yangi tuynuk ochishi mumkin.

Xuddi shu vaqtda Trastbank ham xususiy sektorda biznes bilan bog‘liq ishlarni osonlashtirish maqsadida ICD bilan global platformada ishlamoqchi ekanligini ma'lum qildi.

O‘zbekistonda turizm

Bu sohada ham davlat ancha rivojlanmoqda. 2000 yilda 302,400 ming, 2010-yilda 1.06 million turist O‘zbekistonga tashrif buyurgan bo‘lsa, 2016 yilda bu ko‘rsatkich 2.16 millionga yetdi.

Jahon Turizm va Sayohat konsulligining (WTTC) baholashicha, 2017-yilda turizm O‘zbekistonga 275,1 million dollar foyda keltirgan. Bu davlatning YaIMning 0,9 foiziga to‘g‘ri keladi.

Turizmning rivoji ijobiy kechayotgan bir paytda WTTC O‘zbekistonga tashrif buyuruvchilar 2028 yilda 4,238 millionga yetishini umid qilmoqda.

Islom davlatlari bilan do‘stona munosabatlar sektorida ham O‘zbekiston musulmon sayyohlarning tashrifini ko‘paytirish uchun alohida ishlarni amalga oshirmoqda.

Fevral oyida davlat birinchi bor muqaddas qadamjolar turizmini rivojlantirish maqsadida xalqaro forumga mezbonlik qildi. Bularning barchasi turizmning rivoji va investorlarning ko‘proq jalb qilinishiga xizmat qilishi kerak», — deyiladi unda. 
UNESCO ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 7 mingdan ortiq muhim madaniy obektlar bo‘lib, mamlakatning islomiy qadamjolari VIII asrga borib taqaladi.

Quyida maqolaning davomi o‘zbek tilida havola etiladi.
Mamlakatda sayyohlarning qiyinchiliksiz harakatlanishi uchun hukumat asosiy aholisini musulmonlar tashkil qiluvchi bir qator davlatlarga viza erkinligini bergan. Qo‘shni davlatlar: Ozarbayjon, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, shuningdek, Birlashgan Arab Amirligi, Malayziya, Indoneziya, Bruney va Turkiya shular jumlasidan.

Shuningdek, O‘zbekiston o‘tgan yildan boshlab maxsus informatsion portalni ham ishga tushirdi. U bir necha tillarda mamlakatdagi viza, rezidentlarining huquqlari, registratsiya va soliq mexanizmi haqida ma'lumot uzatishga mo‘ljallangan.

Savdo

O‘zbekiston bu borada ham boshqa islom iqtisodidagi davlatlar bilan progressiv hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda.

Mamlakat aprel oyida Sharqiy Osiyo xalqlarining eng katta halol savdo ko‘rgazmasi bo‘lgan Malayziya xalqaro halol ko‘rgazmasida (MIHAS)da ishtirok etdi.

Muhimi, O‘zbekiston iqtisodni rivojlantirish va savdo hamkorligini mustahkamlash maqsadida Birlashgan Arab Amirligi bilan ham yaqin aloqalar o‘rnatgan.

Shu yilning birinchi choragida Toshkentda BAA iqtisodiyot vaziri va O‘zbekiston bosh vaziri ishtirokida davlatlar o‘rtasidagi Iqtisodiy hamkorlik qo‘mitasining III sessiyasi o‘tkazildi.

Aprel oyi davomida Tashi savdo va investitsiya vazirligi tomonidan Saudiya-O‘zbek biznes forumi ham o‘tkazildi.

Ikki davlat savdo aloqalarini kengaytirish, investitsiya jalb qilish, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyot, turizm sohalarini rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishgan.

2017-yildayoq BAA va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo qiymati yoqilg‘ini hisobga olinmagan holatda ham 387 million dollarga yetgan.

O‘zbekiston Malayziya bilan ham yaxshi aloqada. Malayziya o‘zining halollik ekspertizasini O‘zbekistonga beradigan bo‘lsa, mamlakat Islom Korporatsiyasi davlatlariga oziq-ovqat va ichimliklari eksportini oshirishi mumkin. Ayni paytda O‘zbekistonning bu davlatlarga eksporti ancha past. Islom Taraqqiyoti Korporatsiyasi savdo xaritasi ma'lumotlariga asosan, 2018-yilda 4.7 million dollar qiymatida hayvon mahsulotlari, 3 million dollarga tirik jonivorlar, 1.15 millionga sut, 30.000 ming dollarga esa tovuqchilik mahsulotlarieksport qilingan.

O‘zbekiston hukumati qishloq xo‘jaligi o‘z iqtisodiy transformatsiyasining asosiy qismi ekanini hisobga olgan holda agrobiznesni ham moliyaviy, ham texnik qo‘llab-quvvatlashga va'da bergan.

Ayni paytda O‘zbekiston xorijiy tadbirkorlarni agrobiznes va oziq-ovqat sanoatiga ham faol jalb qilmoqda.

Mavzuga oid