Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qayta hisobotdan keyin O‘zbekistonning 2024 yilgi yalpi ichki mahsuloti 121 mlrd dollardan oshdi
Yakuniy hisob-kitoblarga ko‘ra, 2024 yil uchun O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining nominal hajmi amaldagi 1 kvadrillion 454,6 trillion so‘mdan 1 kvadrillion 535,4 trillion so‘mga yoki 5,6 foizga ko‘paygan. YaIM AQSh dollari hisobida 115 mlrd dollardan 121,4 mlrd dollarga oshgan. Aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi esa 41,3 mln so‘mni tashkil etgan.
Foto: Shutterstock
O‘zbekistonda 2024 yilgi yalpi ichki mahsulot hajmi qayta hisoblangach, 121,4 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi raisi Behzod Hamroyev 17 noyabr kuni Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada ma’lum qildi.
Yakuniy hisob-kitoblarga ko‘ra, 2024 yil yakuni bilan mamlakat yalpi ichki mahsulotining nominal hajmi amaldagi 1 kvadrillion 454,6 trillion so‘mdan 1 kvadrillion 535,4 trillion so‘mga (+80,9 trillion so‘m) yoki 5,6 foizga ortdi. YaIM AQSh dollari hisobida 115 mlrd dollardan 121,4 mlrd dollarga ko‘paygan.
Shuningdek, qayta hisoblashdan so‘ng, 2024 yilda aholi jon boshiga YaIM hajmi 41,3 mln so‘mni tashkil etgan.
O‘tgan yil uchun davlat budjeti ijrosining to‘liq qamrovi ta’minlanishi natijasida 36,4 trln so‘m yangi qo‘shilgan qiymat aniqlangan. Sanoat sohasi bo‘yicha 2024 yil uchun qo‘shilgan qiymat hajmi 12,7 trln so‘mga oshgan. Shuningdek, qishloq xo‘jaligida 5,6 trln so‘m, qurilishda 10,3 trln so‘m va xizmatlar sohasida 16,3 trln so‘m miqdorida qiymat qo‘shimcha hisoblangan.
Ma’lumot uchun, yil boshida O‘zbekiston iqtisodiyoti 2024 yilda 6,5 foizga o‘sib, yalpi ichki mahsulot hajmi 1 kvadrillion 454 trln so‘m yoki 114,9 mlrd dollarni tashkil etgani, aholi jon boshiga YaIM 39,1 mln so‘m yoki 3093 dollarga yetgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
07:15 / 08.11.2025
2025 yilda dunyodagi eng boy mamlakatlar reytingi
07:40 / 07.11.2025
BRICS vs G7: 2026 yil YaIM o‘sishi prognozlari - BRICS ustun
10:49 / 31.10.2025
O‘zbekistonda soyadagi va norasmiy iqtisodiyot ulushi YaIMning uchdan bir qismiga yetdi
07:49 / 28.10.2025