250 ming so‘m pora olgan mahalla raisiga hukm o‘qildi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Zafarobod tuman sudi sud'yasi A.Xomidov tomonidan K.M.ga nisbatan jinoyat kodeksining bir necha moddalari doirasida sud ishi ko‘rildi.
Sudlanuvchi K.M. Forish tumani, «Ilonli» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi sifatida ishlab kelgan. O‘zini-o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsi bo‘la turib, o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda ta'magirlik yo‘li bilan ish tutgan.
2018 yil 21 sentabr kuni Forish tumani, «Ilonli» MFY binosida fuqaro D.S.dan 100.000 so‘m pulni jamoat ishlariga jalb etish va 150.000 so‘m pulni voyaga yetmagan 2 nafar farzandiga 14 yoshgacha nafaqa tayinlab berish evaziga jami 250 ming so‘m pulni pora tariqasida olgan vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Jizzax viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlangan. Pora tariqasida olgan 250 000 so‘m pul mablag‘i ashyoviy dalil sifatida ro‘yxatga olingan.
Bundan tashqari, K.M. Forish tumani «Ilonli» MFY kotibi M.A. bilan til biriktirgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan «Kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi nizom talablariga zid ravishda (2018 yil 24 oktabr kungi «hujjatli taftish xulosasi»ga ko‘ra) 2017 yil 1 dekabrdan 2018 yil 1 oktyabrga qadar 25ta holatda jami 47.429.314 so‘m nafaqa pullari noto‘g‘ri tayinlangan. Shundan 27.496.913 so‘m budjet mablag‘lari ortiqcha to‘lab yuborilgan. Budjet mablag‘larini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilishgan.
Sud sudlanuvchi K.M.ga nisbatan jazo tayinlashda aybiga to‘liq iqrorligi va qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi, oilaviy ahvoli, jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zarar to‘liq qoplanganini inobatga olib, unga nisbatan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan 3 (uch) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.
Mavzuga oid
14:48 / 17.11.2024
Farg‘onada IIB xodimiga 3000 dollar pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi
13:46 / 14.11.2024
Sirdaryoda haydovchidan pora olgan YPX xodimi qamaldi
17:40 / 12.11.2024
Andijonda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i va kadrlar bo‘limi boshlig‘i ushlandi
17:35 / 11.11.2024