Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanqiddan so‘ng: Buxoroda kanalizatsiya tarmog‘i yangilandi
Kun.uz saytida 11 iyun kuni «Buxorodan murojaat: «Bizning kichik bo‘lmagan muammomizga kattalar e'tibor qaratisharmikan?» sarlavhali maqola e'lon qilingan edi.
Maqolada Buxoro shahrining markazida, M.Iqbol ko‘chasi (viloyat shifoxonasi hududi) qazilgan zaxkash uzra o‘tgan ko‘prik ostida markaziy kanalizatsiya tarmog‘i yorilgani bois suv ko‘prikning ikki tomonidan yorib chiqayotgani, chiqindi, qolaversa, ko‘prik yonidan o‘tgan magistral gaz quvuridan sizib chiqayotgan gazning juda o‘tkir hidi yon-atrofga taralib, odamlar salomatligiga salbiy ta'sir ko‘rsatayotgani bildirilgan.
Maqoladan so‘ng 14 iyun kuni Buxoro shahar «Suvoqava» DUK mutaxassislari tomonidan muammoga sabab bo‘lgan holatlar o‘rganib chiqildi.
Aniqlanishicha, kanalizatsiya tarmog‘idagi nosozlik yo‘l qurilish korxonasi xodimlari tomonidan hududda olib borilgan qurilish-ta'mirlash ishlari jarayonida ochiq kollektor ustidagi ko‘prik olib tashlangani oqibatida kelib chiqqan. Kanalizatsiya tarmog‘iga himoya g‘ilofi (stalnoy futlyar) o‘rnatilmay ko‘milgani natijasida quvur yorilib, kanalizatsiya suvlari chiqqan.
Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati tomonidan ma'lum qilinishicha, ayni kunda yuqorida keltirilgan kamchiliklar to‘liq bartaraf etilgan. Kanalizatsiya tarmog‘i yangilangan.
Mavzuga oid
18:31 / 02.04.2026
Kogonda elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirildi
20:25 / 29.03.2026
Buxoroda “Nasriddin Afandi” hamda “Sharq taomlari” an’anaviy festivali o‘tkaziladi
15:27 / 27.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon Buxorodagi tarixiy majmualarni ziyorat qildi
14:10 / 27.03.2026