Jahon | 07:43 / 25.06.2019
6132
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Meksikada IShID jangarilari bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi

Foto: EL INFORMADOR

AQSh ichki xavfsizlik vazirligi Meksika hududida IShID terrorchilik tashkilotiga a'zo ikki shaxs bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Excelsior portalining xabar berishicha, Meksika federal politsiyasi ana shunday ogohlantirish olgan.

Hujjatda aytilishicha, IShID bilan aloqador bo‘lgan Misrning ikki fuqarosi va bir iroqlik may oyida Panamada, iyun boshida esa Kosta-Rikada ko‘rinish bergan. Bular Ibrohim Muhammad, Muhammad Ayssa va Ahmad G‘anim Muhammad al Juburiylardir. Misrliklarning qayerda ekanligi noma'lum, ammo ular Meksikaga o‘tib ketishgani taxmin qilinmoqda, Iroq fuqarosi esa Kosta-Rikada qo‘lga olingan.

Amerikaning hisoblashicha, misrliklar AQShga o‘tishni rejalashtirgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid