Özbekiston Respublikasining Prezidenti Şavkat Mirziyoyev joriy yilning 25 iyun kuni «Xalqaro mehnat taşkilotining 1930 yildagi Majburiy mehnat töğrisidagi 29-sonli Konvensiyasiga Bayonnomani ratifikatsiya qiliş töğrisida»gi qonunga imzo çekdi.
Konvensiyaga Bayonnoma 2014 yilning 11 iyun kunida Jyenevada qabul qilingandi. Endi bu hujjat Özbekiston tomonidan tan olindi.
Xalqaro qoidalarga binoan, mazkur qonunning qabul qilinişi Bayonnoma biz uçun kuçga kirganini anglatmaydi. Bayonnoma Xalqaro mehnat taşkiloti Boş direktori Özbekistonning ratifikatsiya yorliğini röyxatga olgandan keyin 12 oy ötib kuçga kiradi.
Ma'lumot uçun, 29-Konvensiyaning özi Özbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan (Oliy Majlisning 30.08.1997 yildagi 492-I-son qarori). Unda uni ratifikatsiya qilgan XMT a'zolarining zöraki yoki majburiy mehnatni qöllaşning barça şakllarini bekor qiliş majburiyati qayd etilgan. Şuningdek Konvensiyada «zöraki yoki majburiy mehnat» atamasining mohiyati oçib berilgan. U ixtiyoriy ravişda öz xizmatlarini taklif etmagan har qanday şaxsdan har qanday jazolaş tahdidi ostida talab qilinadigan har qanday iş yoki xizmatni anglatadi.
Bayonnoma 29-Konvensiya qoidalarini töldiradi va zöraki mehnatning oldini oliş maqsadida qabul qilinişi zarur bölgan quyidagi çora-tadbirlarni nazarda tutadi:
• şaxslar zöraki mehnat qurbonlariga, iş beruvçilar esa – bunday amaliyot iştirokçilariga aylanişiga yöl qöymaslik uçun ularni öqitiş va xabardor qiliş;
• mehnat inspeksiyasi organlari va zöraki mehnat töğrisidagi qonun hujjatlari ijro etilişi uçun mas'ul bölgan boşqa xizmatlarni mustahkamlaş;
• mehnat migrantlarini jalb qiliş va yollaş jarayonida firibgarlardan himoya qiliş;
• zöraki yoki majburiy mehnatning boş sabablarini hamda xavfini oşiradigan omillarni aniqlaş va b.
Bayonnoma zöraki mehnat qurbonlariga yetkazilgan zarar qoplanişini ta'minlaşga, şuningdek bunday mehnatda iştirok etiş asnosida sodir etgan ğayrihuquqiy qilmişlari uçun ularni javobgarlikka tortmaslikka va sanksiyalarni qöllamaslikka çorlaydi.
Bundan taşqari, Bayonnoma bilan Konvensiyadan bir qator qoidalar çiqarib taşlangan. Çunonçi, 1-moddasidan jamoat maqsadlarida va istisno tariqasida zöraki mehnat qöllanişiga ruxsat beruvçi 2-band çiqarib taşlangan. Şuningdek bunday mehnatga yöl qöyiladigan şartlar va kafolatlar ham bekor qilingan.













