Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Senati Turkiyaga F-35 samolyotlari sotilishini taqiqladi
AQShning 2020 yilga mo‘ljalangan mudofaa budjeti loyihasi Turkiyaga F-35 qiruvchi samolyotlari berilishini taqiqlaydi, deb xabar berdi RIA Novosti.
Xabar qilinishicha, hujjatni qabul qilish uchun 86 senator ovoz bergan, sakkiz senator qarshi chiqqan. Hujjat vakillar palatasi a'zolari tomonidan ma'qullanishi lozim, shundan so‘ng AQSh prezidenti Donald Tramp uni imzolaydi.
Hujjatda ta'kidlanishicha, agarda mudofaa vaziri va davlat kotibi Turkiya Rossiyaning S-400 raketa majmualarini olishdan voz kechgani haqida dalillar keltira olsa, bu taqiqqa istisno kiritilishi mumkin.
27 iyun kuni Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an F-35 samolyotlarini yetkazib bermaslik haqidagi tahdidlar noo‘rin ekanligi, chunki mamlakat 1,25 milliard dollar to‘lab bo‘lganini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, agarda shartnomaga rioya qilinmasa, bu pullar qaytarilishini talab qiladi.
2017 yil sentyabrda Rossiya Turkiyaga to‘rtta S-400 divizionini yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma imzolagan. Shartnoma qiymati 2,5 milliard dollarni tashkil etadi, uning yarmini Rossiya krediti qoplaydi.
Mavzuga oid
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
20:26 / 19.06.2026