Inson hayoti uçun qon qançalar muhim bölsa, millat yaşaşi uçun yoşlar şunçalar muhimdir. Ularni mustaqil fikrli şaxs etib tarbiyalaş, ayniqsa aholisining katta qismini yoşlar taşkil etadigan Özbekiston uçun hayot-mamot masalasidir.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2017 yil 30 iyun «Kamolot» YoIHning IV qurultoyida «Yoşlar ittifoqi»ni taşkil etiş va bu kunni yoşlar kuni deb e'lon qilişni taklif etgan edi. Taşkilot öz oldiga qöyilgan vazifani uddalaş uçun bir qança loyiha va tanlovlar orqali yoşlarni bir ğoya atrofiga birlaştira boşladi. Ijtimoiy faol yoşlar bilan birgalikda, erta tongdan (tadbirlarga qatnaşmasdan) kundalik işlari bilan maşğul böladigan, Yoşlar Ittifoqi ta'biri bilan aytganda «uyuşmagan yoşlar» ham bor.
Ular mening döstim, sizning ukangiz, qöşnining qizi, umuman olganda har kim bölişi mumkin. Ularning ham öz orzulari, intilişlari, maqsadlari bor. Eng muhimi ular vatanni bizdan kam sevişmaydi.
Mana şunday yoşlardan biri — Abror (24 yoş, işçi). U yangi uy qurişda oilasiga yordam beriş maqsadida ayni paytda Rossiyada işlamoqda. Abror özga yurtda ilojsizlikdan yurganini ta'kidlar ekan, «Neça yoşga kirişimdan qat'i nazar universitetda öqib, bolalarga ta'lim beraman. Ular biz körgan kunlarni körmasin» deb orzu qiladi.
Bölajak olima
18 yoşli abituriyent Marjona esa özbek tilining «Izohli luğati»ni qayta işlab çiqib, özbek tilini xorijiy talabalarga ingliz tilida öqitişni xohlaydi. Marjona bilan suhbatlaşiş jarayonida özidan bir neça barobar oğirroq yukni kötarib, dadil odimlayotgan çumoli köz oldingizga keladi. Uning öziga bölgan işonçi sizga ham yuqişni boşlaydi.
«Ön yildan keyin, Özbekiston dunyoning eng rivojlangan davlatlari qatoridan joy oladi. Buning uçun universitetni tamomlab xorijga ketiş emas, olgan bilimini şu yerni rivojlantiriş uçun sarflaş kerak. Şunda çet elliklar bizga kelib işlaşadi», — deydi u.
Kuç — adolatda!
Allaqaçon öqituvçilik kasbini tanlab ulgurgan 22 yoşli Muhammadning hayotiy şiori: Kuç — adolatda!
«Birovning haqiga xiyonat qilmaslik va öz işini vijdonan barajariş kerak. Bu barça uçun qoida», — deya işonadi Muhammad.
Bölar bola boşidan…
Oğabek (6 yoş) bilan bölib ötgan qisqaça suhbat:












