Jahon | 22:52 / 30.06.2019
3193
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropa ittifoqi va Vetnam erkin savdo to‘g‘risida bitim imzoladi

Photo: European Commission

Yevropa Ittifoqi va Vetnam shanba kuni mamlakat poytaxti Hanoyda erkin savdo va investitsiyalarni himoya qilish to‘g‘risidagi bitimni imzolashdi, deyiladi Yevropa komissiyasi tomonidan tarqatilgan bayonotda.

Hujjat ostiga YeI tomonidan savdo bo‘yicha yevrokomissar Sesiliya Malmstryom imzo chekkan. «Mazkur bitim Vetnam va Yevropa ittifoqi o‘rtasidagi iqtisodiy rivojlanishga xizmat qiladi, ikki davlat o‘rtasidagi savdo va investitsiya aloqalarini mustahkamlaydi hamda YeI va Vetnam o‘rtasidagi hamkorlik va uzoq muddatli munosabatlarni mustahkamlaydi», — deyiladi hujjatda.

Ushbu bitim endi Vetnam va YeIga a'zo 28 ta davlat parlamentlari tomonidan ratifikatsiya qilinishi kerak.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid