Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon viloyatida yana bir OTM filiali tashkil etilishi mumkin
Foto: Fotolia / WavebreakmediaMicro
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Andijon viloyati Marhamat tumanida oliy ta'lim muassasasi filialini tashkil etish haqida petitsiya e'lon qilindi.
Bildirilishicha, Andijon viloyati aholisi qishloq xo‘jaligi sohasida juda tajribali. Hozirda ishbilarmonlik borasida ilgari surilayotgan yangi g‘oya va innovatsiyalar natijasida viloyatda tadbirkorlikning yangi turlari va yo‘nalishlari yaratilib, ijobiy tadbirkorlik imidji shakllanib bormoqda.
“Ushbu jarayonda yuzaga kelayotgan dolzarb masalalardan biri – bu malakali kadrlarni tayyorlashdir. Hozirgi vaqtda viloyatda qishloq xo‘jaligi va texnika kabi sohalarda yetuk kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj yuqori. Shu sababli, viloyatning Marhamat tumanida oliy ta'lim muassasasining filialini tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz”, - deyiladi murojaatda.
Qayd etilishicha, Marhamat tumanida oliy ta'lim muassasasi filialini tashkil etish uchun talab etiladigan zarur infrastruktura va imkoniyatlar mavjud. Tumandagi Qishloq va suv xo‘jaligi kasb-hunar kolleji va Agrosanoat kasb-hunar kolleji bazasida irrigatsiya va suv xo‘jaligini mexanizatsiyalash, zooinjyeneriya (chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik) sohalarida mutaxassislar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasasining filialini ochish viloyat uchun foydali bo‘lishi aytiladi.
Buning uchun: birinchidan, tayyor moddiy-texnik baza mavjud. Agar ikki kollej birlashtirilsa, talab darajasidagi auditoriyalar va tajriba maydonlari yetarli bo‘ladi; ikkinchidan esa, oliy ta'lim muassasasi filialining ochilishi hududning infrastrukturasini rivojlanishiga, yangi ilmiy markazlarning ochilishiga turtki bo‘ladi.
“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Andijon viloyati Marhamat tumanida Toshkent davlat agrar universiteti yoki Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining filialini tashkil etishni taklif qilamiz”, - deya yakunlangan petitsiya.
Mavzuga oid
09:26 / 01.05.2026
Andijonda yer savdosida gumonlangan hokim yordamchisi va mahalla raisi qo‘lga olindi
17:00 / 28.04.2026
“Egnidagi formasiga ishonib qolibman” – Andijonda YXHB inspektori odamlarni chuv tushirdi
21:08 / 26.04.2026
Andijonda ikki kishini katta pul evaziga haj ziyoratiga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
22:05 / 12.04.2026