Sherzod Shermatov: O‘qituvchilarga cheklar yig‘ish topshirilgani holati prezident talabiga sabotajdir

3 iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov va vazirlikning mutasaddi xodimlari hamda jurnalistlar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ishtirok etgan Kun.uz muxbiri vazirdan Samarqandda o‘qituvchilarga xarid cheklarini yig‘ib topshirish bo‘yicha vazifa berilganini aytib, bu holat yuzasidan izoh berishini so‘radi.
«Bu prezident talabiga sabotajdan o‘zga narsa emas. Kun.uz saytiga rahmat aytaman, kuni kecha Namangandagi holat, ya'ni ta'lim tizimi xodimlariga beton quydirish bo‘yicha ham maqola qilib berildi. Samarqanddagi holatga ham e'tibor qaratilmoqda. Aynan mana shunday OAV va jamoatchilik nazorati orqali bu kabi holatlarga murosasizlikni shakllantirishimiz kerak.
Endi bevosita holatga kelsak, biz buni albatta o‘rganamiz. Ammo o‘qituvchilardan ham bir narsani so‘ragan bo‘lardim – bunday vaziyatlarda shikoyat qilishdan qo‘rqmanglar. Axir shuncha qarorlar qabul qilinyapti, davlatimiz rahbarining o‘zi bu bo‘yicha qat'iy talablar qo‘yyapti.
Namangandagi holatni o‘rganganimizda bizga ishlaganlar o‘qituvchilar emasligi, maktablardagi texnik xodimlar ekanligi bahona qilindi. Nima farqi bor? Baribir ular ham xalq ta'limi tizimi xodimi-ku, majburiy ishlatish-ku bu? Bunga chek qo‘yishimiz kerak», – deya javob berdi Sherzod Shermatov.
Bundan avvalroq Kun.uz saytida Namangan viloyatining Kosonsoy tumanidagi 54ta maktabning o‘qituvchilari majburiy mehnatga jalb etilgani, ular 29 iyun kuni tumandagi Namuna qishlog‘i yaqinidagi anhor bo‘yicha beton quyishgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqda Samarqand viloyatidagi oliy ta'lim muassasalari rektorlariga, XTB tizimidagi barcha maktab direktorlariga o‘z qo‘l ostidagi o‘qituvchilarga savdo cheklarini yig‘ishni buyurish topshirig‘i berilgani haqida xabar tarqaldi.
Xabar qilinishicha, endilikda o‘qituvchilar yoqilg‘i quyish shoxobchalari yoki do‘konlarga borib, naqd pul bergan xaridorlarga yoki kassirga yalinib, 2 ming so‘mdan yoki 5 ming so‘mdan 10ta chek urdirib olishmoqda.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Buxoroda shifokor pichoq bilan o‘zini jarohatlamoqchi bo‘lgan fuqaroni zararsizlantirdi
Jamiyat | 17:24
-
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjonning Fuzuliy shahriga bordi
O‘zbekiston | 17:23
-
NASA Quyosh tizimida «chaqirilmagan mehmon» paydo bo‘lganini aniqladi
Jahon | 17:22
-
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15
Mavzuga oid

12:10
Samarqandda eksportni qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan mablag‘ni o‘zlashtirgan mansabdorlar aniqlandi

16:39 / 23.06.2025
Saida Mirziyoyeva BMT Davlat xizmati forumida ishtirok etdi

12:50 / 23.06.2025
Samarqandda BMTning Davlat xizmati forumi o‘z ishini boshladi

19:04 / 21.06.2025