Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an AQShning Turkiyaga F-35 qiruvchilarini yetkazib bermasligini talonchilik deb atadi
Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an AQShning Anqaraga F-35 qiruvchilarini yetkazib bermaslik ehtimolini talonchilik deb atadi.
"Mijozingiz bo‘lsa va bu mijoz sizga soatdek aniqlikda pul to‘lasa, unga qanday qilib mahsulotni bermaysiz? Bu talonchilik deyiladi", - deya Erdo‘g‘anning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Hurriyet gazetasi.
Erdo‘g‘an Anqara 116 ta F-35 samolyotini sotib olishga shartnoma tuzganini va 1,4 mlrd dollar to‘langanini hamda to‘rtta samolyot yetkazib berilganini eslatib o‘tdi. Uning ta'kidlashicha, Turkiya nafaqat sotib oluvchi bozor hisoblanadi, balki bu samolyotlarni ishlab chiqarishda ham ishtirok etadi, chunki ularning ayrim qismlari Turkiyada tayyorlanadi.
Vashington Turkiyaning Rossiyadan S-400 zenit raketa majmualarini sotib olishi sababli F-35 qiruvchi samolyotlarini yetkazib bermasligini bildirgandi.
Mavzuga oid
09:27 / 20.03.2026
Eron AQShning F-35 qiruvchisi nishonga olinganini ma’lum qildi
17:30 / 05.11.2025
Yaqin Sharqdagi harbiy muvozanat: Saudiya ham F-35 qiruvchilarini olmoqchi
07:31 / 09.10.2025
Amerikalik ekspert Su-57 va F-35 qiruvchi samolyotlarini taqqosladi
21:42 / 11.08.2025