Bugungi davrda şaxsga doir ma'lumotlarni muhofaza qiliş xolis voqelikka aylandi. Binobarin, inson haqidagi ma'lumot har doim qimmatli bölgan, ayni vaqtlarda esa u noyob tovarga aylanib bormoqda. Şu boisdan insonning şaxsiga doir ma'lumotlarni muhofaza qiliş, undan turli hil ğarazli maqsadlarda foydalanişga yöl qöymaslik, pirovardida şaxsiy hayot daxlsizligini ta'minlaş masalasi har qaçongidan köra dolzarb ahamiyatga ega, deb yozadi Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev.
Uning aytişiça, bu borada qabul qilingan “Şaxsga doir ma'lumotlar töğrisida”gi qonun milliy qonunçilikda raqamli texnologiyalar davrida fuqarolarga öz şaxsiy ma'lumotlari ustidan nazorat qiliş, ulardan foydalaniş imkoniyatini soddalaştiriş hamda qayerda işlov berilişidan qat'iy nazar bildirilgan maqsad uçungina foydalanişini ta'minlaş imkoniyatini beradi.
Ta'kidlanişiça, qonun bir qator xorij mamlakatlari tajribasiga tayanilgan holda işlab çiqildi. Xususan, Rossiya Federatsiyasi, Qozoğiston, Yaponiya, Malayziya, Yevropa Ittifoqi reglamenti talablari bilan soliştirilib, ijobiy jihatlari e'tiborga olingan.
Qonunda imkon darajasida havolaki normalardan keçilib, töğridan-töğri işlaydigan yaxlit hujjat sifatida qabul qilinişiga alohida urğu berilgan. Qonunga köra, şaxsga doir ma'lumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi sifatida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallaştiriş markazi belgilandi. Uşbu organ bir qator vazifalarni amalga oşiradi. Jumladan, şaxsga doir ma'lumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritiş, şaxsga doir ma'lumotlarning zarur himoya qilinganlik darajasini belgilaş, şaxsga doir ma'lumotlar töğrisidagi qonun hujjatlarining buzilişlarini bartaraf qiliş haqida jismoniy va yuridik şaxslar ijro etişi majburiy bölgan körsatmalar kiritiş uşbu organning asosiy vazifalari qatorida belgilangan.
Şaxsga doir ma'lumotlar deganda “muayyan jismoniy şaxsga taalluqli bölgan yoki uni identifikatsiya qiliş imkonini beradigan, elektron tarzda, qoğozda va (yoki) boşqa moddiy jismda qayd etilgan axborot” tuşunilmoqda.
Qonun jismoniy şaxslar tomonidan şaxsiy, maişiy, professional yoki tijorat maqsadidagi faoliyatga, milliy va boşqa arxiv fondlarida mavjud bölgan şaxsiy ma'lumotlarni töplaş, saqlaş, foydalanişga, davlat siri tarkibiga kiruvçi şaxsiy ma'lumotlarni qayta işlaşga, jinoyatga qarşi kuraşiş, razvedka, kontrrazvedka, jinoiy daromadlarni legallaştiriş davomida qölga kiritilgan şaxsiy ma'lumotlarni qayta işlaşga nisbatan tatbiq etilmaydi.













