Şavkat Mirziyoyev «Şaxsga doir ma'lumotlar töğrisida»gi qonunni imzoladi
|14:52 / 03.07.201928 7338 min
Foto: Prezident matbuot xizmatiFoto: Prezident matbuot xizmati
Özbekiston Respublikasi Prezidenti «Şaxsga doir ma'lumotlar töğrisida»gi qonunni imzoladi. Hujjat matni ÖzA tomonidan e'lon qilingan.
Qonun Qonunçilik palatasi tomonidan 2019 yil 16 aprelda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019 yil 21 iyunda ma'qullangan.
Qonunning maqsadi şaxsga doir ma'lumotlar sohasidagi munosabatlarni tartibga solişdan iborat. Qonunning amal qilişi şaxsga doir ma'lumotlarga işlov beriş va ularni himoya qiliş çoğida qöllaniladigan işlov beriş vositalaridan, şu jumladan axborot texnologiyalaridan qat'i nazar yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Uşbu Qonunning amal qilişi:
jismoniy şaxs tomonidan şaxsga doir ma'lumotlarga şaxsiy, maişiy maqsadlarda va öz kasbiy yoki tijorat faoliyati bilan boğliq bölmagan holda işlov beriş;
Milliy arxiv fondi hujjatlarini va şaxsga doir ma'lumotlarni öz içiga olgan boşqa arxiv hujjatlarini şakllantiriş, saqlaş va ulardan foydalaniş;
davlat sirlarini taşkil etadigan ma'lumotlar jumlasiga kiritilgan şaxsga doir ma'lumotlarga işlov beriş;
tezkor-qidiruv, razvedka va kontrrazvedka faoliyati, jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, huquq-tartibotni saqlaş jarayonida, şuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraşiş doirasida olingan şaxsga doir ma'lumotlarga işlov beriş çoğida yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Qonunning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
inson va fuqaroning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etiş;
şaxsga doir ma'lumotlarga işlov beriş maqsadlari va usullarining qonuniyligi;
şaxsga doir ma'lumotlarning aniqligi va işonçliligi;
şaxsga doir ma'lumotlarning maxfiyligi va himoya qilinganligi;
sub'yektlar, mulkdorlar va operatorlar huquqlarining tengligi;
şaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligi.
Şaxsga doir ma'lumotlar sohasini davlat tomonidan tartibga soliş Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va şaxsga doir ma'lumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan amalga oşiriladi.
Mavzuga oid
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
şaxsga doir ma'lumotlar sohasida yagona davlat siyosati amalga oşirilişini ta'minlaydi;
şaxsga doir ma'lumotlar sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi;
Şaxsga doir ma'lumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritiş tartibini belgilaydi;
şaxsga doir ma'lumotlar bazalarini Şaxsga doir ma'lumotlar bazalarining davlat reyestrida röyxatdan ötkaziş tartibini tasdiqlaydi;
davlat va xöjalik boşqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining şaxsga doir ma'lumotlar sohasidagi faoliyatini muvofiqlaştiradi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi şaxsga doir ma'lumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga asosan:
şaxsga doir ma'lumotlarga işlov berilayotganda uşbu ma'lumotlarning xavfsizligiga bölgan tahdidlarga qarab, ularning himoya qilinganlik darajasini;
şaxsga doir ma'lumotlar himoyasini ta'minlaşga oid bölgan, bajarilişi şaxsga doir ma'lumotlarga işlov beriş çoğida ularning belgilangan himoya qilinganlik darajasini ta'minlaydigan talablarni;
biometrik va genetik ma'lumotlar mavjud bölgan moddiy jismlarga hamda bunday ma'lumotlarni şaxsga doir ma'lumotlardan taşqarida saqlaş texnologiyalariga oid talablarni belgilaydi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallaştiriş markazi şaxsga doir ma'lumotlar sohasidagi vakolatli davlat organidir.
Vakolatli davlat organi:
şaxsga doir ma'lumotlar sohasidagi davlat siyosatini amalga oşiradi;
şaxsga doir ma'lumotlar sohasidagi davlat dasturlarini va boşqa dasturlarni işlab çiqiş hamda amalga oşirişda iştirok etadi;
Şaxsga doir ma'lumotlarga işlov berişning namunaviy tartibini tasdiqlaydi;
Mulkdorning va (yoki) operatorning şaxsga doir ma'lumotlarga işlov berilişini hamda ularning himoya qilinişini ta'minlovçi tuzilmaviy bölinmasi yoki vakolatli şaxsi faoliyatini taşkil etişning namunaviy tartibini tasdiqlaydi;
Şaxsga doir ma'lumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritadi;
şaxsga doir ma'lumotlar bazasi Şaxsga doir ma'lumotlar bazalarining davlat reyestrida röyxatdan ötkazilganligi töğrisida guvohnoma beradi;
şaxsga doir ma'lumotlar töğrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilişi ustidan öz vakolatlari doirasida davlat nazoratini amalga oşiradi;
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga şaxsga doir ma'lumotlar sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillaştiriş yuzasidan takliflar kiritadi;
davlat xavfsizligini ta'minlaş sohasidagi vakolatli davlat organlariga ularning faoliyati sohasiga nisbatan qöllaniladigan belgilangan ma'lumotlarni yuboradi;
şaxsga doir ma'lumotlarning zarur himoya qilinganlik darajasini belgilaydi;
işlov beriladigan şaxsga doir ma'lumotlarning hajmi va mazmunini, faoliyat turini, şaxsga doir ma'lumotlar xavfsizligiga bölgan tahdidlarning haqiqiyligini tahlil qiladi;
şaxsga doir ma'lumotlar töğrisidagi qonun hujjatlarining buzilişlarini bartaraf qiliş haqida yuridik va jismoniy şaxslar tomonidan ijro etilişi majburiy bölgan körsatmalar kiritadi;
çet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro taşkilotlar bilan şaxsga doir ma'lumotlar sohasida hamkorlikni amalga oşiradi.
Şaxsga doir ma'lumotlar bazasi mulkdor va (yoki) operator, şuningdek uçinçi şaxs tomonidan amalga oşiriladigan vazifalarni bajariş uçun zarur hamda yetarli bölgan şaxsga doir ma'lumotlarni yiğiş yöli bilan şakllantiriladi.
Şaxsga doir ma'lumotlarni yiğiş, tizimlaştiriş tartibi va prinsiplari mulkdor va (yoki) operator tomonidan mustaqil ravişda belgilanadi. Şaxsga doir ma'lumotlarni saqlaş şaxsga doir ma'lumotlarni yiğiş çoğida ilgari bildirilgan maqsadlar talab etadigan darajada sub'yektni identifikatsiya qiliş imkonini beradigan şaklda amalga oşiriladi.
Şaxsga doir ma'lumotlarni saqlaş muddati ularni yiğiş va ularga işlov beriş maqsadiga erişiş sanasi bilan belgilanadi.
Şaxsga doir ma'lumotlarni özgartiriş va töldiriş sub'yektning murojaati asosida, uşbu murojaat berilgan paytdan e'tiboran uç kunlik muddatdan keçiktirmay mulkdor va (yoki) operator tomonidan amalga oşiriladi.
Haqiqatga töğri kelmaydigan şaxsga doir ma'lumotlarni özgartiriş va töldiriş bunday nomuvofiqlik aniqlangan paytdan e'tiboran darhol amalga oşiriladi.
Mulkdorning, operatorning va uçinçi şaxsning faoliyati maqsadlarini amalga oşirişga qaratilgan şaxsga doir ma'lumotlar bilan harakatlar şaxsga doir ma'lumotlardan foydalanişdir.
Mulkdor, operator va uçinçi şaxs tomonidan şaxsga doir ma'lumotlardan foydalaniş bu ma'lumotlarning zarur darajada himoya qilinişini ta'minlaş şarti bilan faqat uşbu şaxsga doir ma'lumotlarni yiğiş böyiça ilgari bildirilgan maqsadlar uçun amalga oşiriladi.
Mulkdor va (yoki) operatorning, şuningdek uçinçi şaxsning şaxsga doir ma'lumotlarga işlov beriş bilan boğliq bölgan xodimlari tomonidan şaxsga doir ma'lumotlardan foydalaniş faqat ularning öz kasbiy, xizmat yoki mehnat majburiyatlariga muvofiq amalga oşirilişi kerak.
Mulkdor va (yoki) operatorning, şuningdek uçinçi şaxsning şaxsga doir ma'lumotlarga işlov beriş bilan boğliq bölgan xodimlari öziga işonib topşirilgan yoki kasbiy, xizmat yoxud mehnat majburiyatlarini bajarişi sababli ma'lum bölib qolgan şaxsga doir ma'lumotlarning oşkor etilişiga yöl qöymasligi şart.
Şaxsga doir ma'lumotlarni muayyan şaxsga oşkor etişga qaratilgan harakatlar şaxsga doir ma'lumotlarni beriş hisoblanadi.
Şaxsga doir ma'lumotlarni davlat boşqaruvi organlariga beriş bepul asosda amalga oşiriladi.
Sub'yekt özining şaxsga doir ma'lumotlarini berişni rad qilgan taqdirda, özining rad qilişi sabablarini körsatmaslik huquqiga ega.
Şaxsga doir ma'lumotlarni nomuayyan doiradagi şaxslarga oşkor etişga, şu jumladan şaxsga doir ma'lumotlarni ommaviy axborot vositalarida hammaga ma'lum qilişga, Internet jahon axborot tarmoğiga joylaştirişga yoki şaxsga doir ma'lumotlardan biror-bir boşqa usul bilan foydalaniş imkonini berişga qaratilgan harakatlar şaxsga doir ma'lumotlarni tarqatişdir.
Şaxsga doir ma'lumotlarni yiğişning ilgari bildirilgan maqsadlaridan çetga çiqilgan hollarda, uşbu ma'lumotlarni tarqatiş sub'yektning roziligi bilan amalga oşiriladi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi