Jahon | 07:38 / 05.07.2019
12716
2 daqiqa o‘qiladi

Kaliforniyada 25 yil ichidagi eng kuchli zilzila yuz berdi

Foto: Justin Sullivan/Getty Images

AQShning Kaliforniya shtatida 25 yil ichidagi eng kuchli zilzila yuz berdi. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.

Zilzila magnitudasi 6,4 ballni tashkil qilgan, o‘chog‘i esa Los-Anjyelesdan 196 km uzoqlikda, 9 km yer ostida bo‘lgan. Zilzila kuchi Las-Vegasda ham sezilgan. Bundan tashqari, eng kuchli zilziladan keyin 4,7, 3,5, 3,8 va 4,2 ballik yana 4 ta kuchsizroq yer silkinishi kuzatilgan.

Zilzila o‘chog‘i yaqinidagi Rijkrest shahrida yong‘inlar boshlangan. Ularga gaz quvuriga shikast yetishi sabab bo‘lgan. Shahar meri Peggi Bridenning ma'lum qilishicha, qurbonlar haqida ma'lumot kelib tushmagan, jabrlanganlar soni aniqlshtirilmoqda.

AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterda vaziyat haqida to‘liq ma'lumot olgani va barchasini o‘z nazoratida ushlab turganini yozgan.

Kaliforniyada shunday kuchdagi oxirgi zilzila 1994 yilda yuz bergan. O‘shanda zilzila magnitudasi 6,7 ballni tashkil qilgan hamda 60 kishining o‘limiga va katta talofatlarga olib kelgan. Kaliforniya shtati zilzila oqibatida o‘nlab milliard dollar zarar ko‘rgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid