Bu taşkilot faoliyati haqida keyinroq töxtalmoqçi edimu, lekin duç kelayotgan noqulayliklar haqida yozib ketaveriş kerak degan qarorga keldim. Bugun «OAK Byulleteni» haqida gapirmoqçiman.

OAK saytidagi ma'lumotga köra, «Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan ötkaziş masalalari böyiça «OAK Byulleteni» jurnalini naşr etadi. «OAK Byulleteni» jurnalida izlanuvçilarning dissertatsiya tadqiqotlari mavzulari, dissertatsiya annotatsiyasi bilan birgalikda doktorlik dissertatsiyalari himoya qilinişi, talabgorlarga ilmiy darajalar berilişi hamda ilmiy unvonlar berilişi töğrisidagi axborot va boşqa ma'lumotlar ham beriladi. «OAK Byulleteni» jurnali öz xarajatlarini özi qoplaş asosida naşr etiladi. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan ötkazişda oçiqlik va oşkoralikni ta'minlaş maqsadida OAK faoliyati masalalari OAK veb-saytida va «OAK Byulleteni» jurnalida yoritiladi».

Jurnal içidagi ma'lumotlar taşkilot saytida ham berilişini nazarda tutsak, bu jurnal nima uçun kerak? Boz ustiga, jurnal xarajatlarini OAKning özi qoplar ekan. Saytga qöyilgan oxirgi sondagi ma'lumotlarga e'tibor bersangiz aksariyati e'lonlar ekanini körasiz.

Bu jurnal elektron körinişda tayyorlanib saytga qöyilsa ahamiyati qanday kamayib qoladi? Hozirgi holatida rangli, sifatli qilib çiqarilişining xarajatlari ança bölsa kerak. Xarajatlar taşkilotlarga obuna va ilmiy daraja olişga talabgorlar tomonidan qoplanişini hisobga olsak, şunça mablağ, qoğoz behudaga sarf bölmayaptimikan? Çop etilgan jurnallar foydalanilmay çang bosib yotadi, quruq e'lonlardan qanday foydalanasiz axir? Boz ustiga arxivi saytga joylaştirilgan bölsa. Jurnalni sotib olişdan maqsad nima? Tezkor ma'lumotni qölga kiritişmi? Qanday tezkor ma'lumot bor unda? Bu jurnalni çop etiş ortidan iş bilan ta'minlanayotganlar bordir, lekin hozirgi zamonaviy axborot texnologiyalari rivojlanib turgan paytda elektron versiya bilan kifoyalaniş kerak emasmikan? Qolaversa bu jurnal bir yilda faqat 4 marta çop etiladi, çop etilgunga qadar mavzusi e'lon qilinişini kutayotganlarga noqulaylik tuğdiradi-ku? OAKga bu borada murojaat qilganlarga mana bunday javoblar kelyapti.