Şuningdek, Scopus platformasidan 2021 yilning aprel oyi holatiga köra çiqarib yuborilgan va ilmiy “ğirrom” deb e'tirof etilgan jurnallar, ilmiy naşrlar röyxati ilova qilingan.
«Discertatsiyalar sifatini oşirişda naşr işlari, jumladan, ularning tegişli talablarga javob bergan ilmiy naşrlarda çop etilişi muhim ahamiyat kasb etadi. Şu jihatdan internet tarmoqlarida joylaştirilgan ma'lumotlarga asoslangan holda quyida keltirilgan “şubhali” naşrlarda maqolalarni çop etiş uçun taqdim etişda ehtiyotkorlikka rioya qiliş tavsiya etiladi», deyiladi OAK ma'lumotida.
Scopus platformasidan 2021 yilning aprel oyi holatiga çiqarilgan ilmiy naşrlar röyxati bilan uşbu ilova orqali tanişiş mumkin.
Avvalroq ÖzFA Matematika instituti direktor örinbosari Ğolibjon Botirov 2020 yilda Scopus ma'lumotlar bazasidan çiqarib yuborilgan jurnallar va ularga eng köp özbek olimlari tomonidan maqolalar yuborilgani haqida ma'lumot berib, bu mamlakat ilmi uçun dahşatli belgi ekanini ta'kidlagan edi.
Şuningdek, 11 may kuni Özbekistondagi ilmiy jurnallarning xalqaro ma'lumotlar bazalariga kiritilişi yuzasidan bölib ötgan davra suhbatida Özbekistondagi jurnallarning kuzatuvçilari soni kamligi, yaxşi ilmiy natijalar çop etilmasligi, jurnallarning veb-saytlari deyarli işlamasligi, tahrir hay'ati asosan mahalliy olimlar ekani xorijlik ekspertlar tomonidan aytib ötilgan edi.
















