Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rasmiy sayti hamda tizimdagi subdomen saytlarga buzib kirilgan. Bu saytlarning xavfsizligiga javobgar komissiya xodimi hakerlik hujumi bölganini Kun.uz'ga tasdiqladi.
“Ayni paytda muammoga nima sabab bölganini körib çiqayotgandik. Hozirça bu haqda yozmay turing. Nima bölganini örganib köraylik, aniq bölsa, ma’lum qilamiz”, dedi OAKning dasturiy-texnik masalalar böyiça mas’ul xodimi Orif Mahmanov.

Ma’lum bölişiça, hujum BWT hakerlar guruhi tomonidan amalga oşirilgan. Hakerlar hujum natijasida Özbekistondagi barça ilmiy-tadqiqot işlari köçirib olinganini bildirişgan.
“Qisqaça aytganda, Özbekistondagi barça ilmiy-tadqiqot işlari butunligiça köçirib olingan. Ma’lumotlar bazasining umumiy hajmi 620 gigabaytdan ortiq. Bu tizimning subdomen saytlari (mavzu.oak.uz, salohiyat.oak.uz) ma’lumotlar bazalari allaqaçon töliq klonlangan”, deyiladi hakerlar tomonidan e’lon qilingan xabarda.
Hakerlar tomonidan aynan qanday ma’lumotlar öğirlangani ma’lum emas. OAK raisi muovini Zokirxöja Tojixöjayevning aytişiça, saytdagi barça ma’lumotlar oçiq ma’lumotlar hisoblanadi.
“Ayni paytda texnik işlar olib borilyapti. Qanday ma’lumotlar olinganini aniqlaş uçun vaqt kerak. Özi qandaydir ma’lumotlar öğirlanganmi-yöqmi, bu ham ma’lummas. Çunki saytdagi barça ma’lumotlar oçiq ma’lumotlar hisoblanadi.
Deylik, ilmiy işlarning mavzulari nomi, nomzodning ism-şarifi bizdan boşqa resurslarda ham turibdi, bu oçiq ma’lumot hisoblanadi. Lekin saytimizga ilmiy işlarning matnini joylamaganmiz”, deydi Zokirxöja Tojixöjayev.

OAK raisi muovinining aniqlik kiritişiça, hakerlar tomonidan öğirlangani iddao qilinayotgan komissiyaning boşqa taşkilotlar bilan yozişmalari, turli institutlarning kotiblariga elektron poçta orqali yuborilgan login-parollar bugungi kunda dolzarbligini yöqotgan.
“Foydalanuvçilarning login-parollari egasiga yetib borişi bilan yangilanadi. Bundan taşqari, ilmiy-tadqiqot institutlaridagi kotiblar özgarganda ham albatta ularning login-paroli yangilanadi. Bundan taşqari, xavfsizlikni ta’minlaş maqsadida parollar vaqti-vaqti bilan almaştirib turiladi. Şu bois xavotirga arzirli narsa yöq bu yerda”, deydi u.

















