31 may kuni milliy matbuot markazida Oliy attestatsiya komissiyasi rahbariyati iştirokida «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan ötkaziş tizimini yanada takomillaştiriş çoralari» mavzusida matbuot anjumani bölib ötdi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan taşkil etilgan tadbirda soha xodimlari, mutaxassislar, yoş olimlar, erkin tadqiqotçilar va jurnalistlar iştirok etdi.
«Bugun zamon şiddat bilan rivojlanmoqda. Ilm-fanda ham qator yutuqlarga erişilmoqda. Şularni inobatga olgan holda komissiyamiz tizimida ham qator özgarişlar qilindi. OAK faoliyatini yanada takomillaştiriş böyiça qator işlar olib borilmoqda. Jumladan, mamlakatimizda reytingi yuqori 30 ta oliy ta'lim muassasasi qatoriga kirgan oliygohlarga imtiyozlar berildi. Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, huquqni muhofaza qiluvçi davlat organlari va Mudofaa vazirligi hay'ati tavsiya etgan idoraviy mansub oliy ta'lim muassasalari kengaşlariga sinov tariqasida 2019 yilning 1 oktyabridan boşlab talabgorlarni bevosita dotsent va katta ilmiy xodim ilmiy unvonlarida, 2020 yilning 1 yanvaridan boşlab esa professor ilmiy unvonida tasdiqlaş huquqi beriş közda tutilgan», degan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK raisi Ahmadbek Yusupov.
Matbuot anjumanida qatnaşgan Kun.uz muxbiri ilmiy kadrlar attestatsiyasi tizimini qulaylaştiriş bilan boğliq kutilayotgan 5ta muhim özgariş va ulardan közlanayotgan ijobiy natijalar haqida ma'lumot keltirdi:
1. Respublikaning eng yaxşi 30ta oliygohi röyxatiga kirgan oliy ta'lim muassasalari kengaşlariga, Fanlar akademiyasi tavsiya etgan ilmiy-tadqiqot muassasalari kengaşlariga, huquqni muhofaza qiluvçi davlat organlari va Mudofaa vazirligi hay'ati tavsiya etgan OTM kengaşlariga sinov tariqasida 2019 yilning 1 oktyabridan boşlab talabgorlarni bevosita dotsent va katta ilmiy xodim ilmiy unvonlarida, 2020 yilning 1 yanvaridan boşlab esa professor ilmiy unvonida tasdiqlaş huquqi beriş közda tutilmoqda. Bu talabgorlarning ilmiy unvonlarini oliş jarayonini soddalaştirib, ularning naşrçilik faoliyatini faollaştiradi, oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari örtasida raqobatni şakllantiradi.
2. Faqat oliy öquv yurtidan keyingi ta'lim institutlariga kirişda çet tili böyiça imtihonni topşirişni saqlab qolgan holda 2019 yilning 1 sentyabridan boşlab çet tili böyiça malakaviy imtihonni topşiriş töğrisidagi talabni bekor qiliş közda tutilmoqda. Bu çet tilidan takroriy imtihon topşiriş majburiyatidan xalos etadi va tadqiqot mavzusiga köproq vaqt ajratiş imkonini beradi.

















