«O‘zbekinvest» milliy sug‘urta kompaniyasi sifat menejmenti tizimi xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritdi
«O‘zbekinvest» milliy sug‘urta kompaniyasi navbatdagi sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirishdan muvaffaqiyatli o‘tdi va ISO 9001:2015 xalqaro standarti talablariga muvofiqlik sertifikatini qayta qo‘lga kiritdi.
Kompaniyani sertifikatlash inspeksion xizmatlar, ekspertiza, sinash va sertifikatlashtirish sohasida dunyoda yetakchi hisoblangan sertifikatlash bo‘yicha xalqaro tashkilot SGS (Shveytsariya) tomonidan o‘tkazildi.
Qayd etish lozimki, «O‘zbekinvest» kompaniyasi tomonidan ISO 9001 standarti bo‘yicha sifatni boshqarish tizimi mahalliy sug‘urta kompaniyalari orasida birinchi bo‘lib, 2004 yilda xalqaro standartlar talablariga muvofiq joriy etilgan edi.
Ushbu tizimning joriy etilishi kompaniyaga o‘zining sifatga sodiqligini namoyish qilish, mijozlar ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishga intilish hamda faoliyatni doimiy takomillashtirish imkonini berdi. Mijozlar fikrini faol o‘rganish esa xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, modernizatsiya qilish va yangi sug‘urta mahsulotlarini ishlab chiqish uchun keng imkoniyatlarni aniqlashga yordam berdi.
Sifat menejmenti tizimini sertifikatlash kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar sifati, rivojlanish, respublika sug‘urta bozorida raqobatbardoshlik va yetakchi o‘rinlarni egallash, mavjud moliyaviy, texnik va kadrlar resurslaridan oqilona foydalanish, boshqaruv tizimini optimallashtirish kompaniya faoliyatida strategik ahamiyat kasb etayotganini tasdiqlamoqda.
Sifatni tizimli boshqarish bugungi kunda mehnatni samarali tashkil etishga ijobiy ta'sir etmoqda, xususan, vazifa va jarayonlar takrorlanishining oldi olinmoqda, bo‘linmalar o‘rtasida ma'lumotlar almashinuvi optimallashtirilmoqda, hujjat yuritishning elektron shakliga o‘tish esa qog‘oz hujjatlarni sezilarli darajada soddalashtirdi.
Ta'kidlash joizki, «O‘zbekinvest» kompaniyasi tomonidan taqdim etilayotgan sug‘urta mahsulotlari va xizmatlar qonun hujjatlari talablari, sug‘urta xizmatlari iste'molchilarining taklif va talablariga muvofiq doimiy tahlil etilmoqda hamda takomillashtirilmoqda.
«O‘zbekinvest» EIMSK Axborot xizmati
Mavzuga oid
10:30 / 19.11.2024
“Moody’s” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” reytingini “barqaror” prognozi bilan “Ba2” darajasiga ko‘tardi
10:04 / 04.11.2024
“O‘zbekinvest” kompaniyasi Lloyd’s of London bosh qarorgohida O‘zbekiston sug‘urta bozori taqdimotini o‘tkazdi
10:00 / 18.10.2024
“O‘zbekinvest” kompaniyasida “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinganining 35 yilligi va “O‘zbek tili bayrami kuni”ga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi
09:00 / 03.10.2024