Bu “elektron soğliqni saqlaş” tizimini yaratiş doirasidagi navbatdagi qadam, deb yozadi Norma.
Eslatib ötamiz, “elektron soğliqni saqlaş”ni joriy etiş – mamlakat tibbiyotini isloh qilişning ustuvor yönalişlaridan biri. Uning doirasida onlayn-navbat, elektron hujjatlar aylanişi va boşqa integratsiyalaşgan axborot tizimlari va ma'lumotlar bazalarini joriy etiş yöli bilan sohani bosqiçma-bosqiç raqamlaştiriş közlanmoqda.
Dorilar, şu jumladan, elektron retseptlar asosida çakana sotiladi. Bu şifokorning dori preparatini tayyorlaş va (yoki) beriş hamda uning qöllaniliş usuli töğrisidagi körsatmasini öz içiga olgan, ERI bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning boşqa rekvizitlarga ega bölgan elektron hujjatdir.
Dori vositalarini elektron retseptlar asosida çakana realizatsiya qiliş uçun Farmatsevtika mahsulotlarining harakatini nazorat qiliş va hisobga olişning axborot tizimi işga tuşiriladi (uni 1 iyuldan joriy etişlari kerak edi). Dori vositalarini berişda farmatsevt tegişli kataklarga berilgan preparatning nomi, seriya raqami, ismi, otasining ismi, familiyasini kiritib, uni elektron imzo bilan tasdiqlaşi kerak.
Şu munosabat bilan dorixona va ularning filiallarida internetga doimiy kiriş imkonini beruvçi kompyuter yoki boşqa turdagi telekommunikatsiya tarmoqlari bilan özaro boğlanadigan texnik vositalari bölişi kerak. Bu litsenziya oliş uçun yangi talab.
Hujjat 3.10.2019 yildan kuçga kiradi.
Bundan oldin, retsept asosida beriladigan dorilarni elektron tijorat orqali sotiş taqiqlangani xabar qilingandi.












