Bahavo va sölim maskan sifatida «Özbekiston Şveytsariyasi» nomini olgan Xonobod şahri sönggi ikki yil içida özgaça qiyofa kasb etib, xorijlik mehmonlarni ham öziga mahliyo qilib kelmoqda.

Özbekiston Prezidenti 2018 yilning 19-20 may kunlari Andijon viloyatiga taşrifi çoğida mazkur hududni yanada rivojlantiriş yuzasidan fikr bildirar ekan, «Xonobod yaqin yillarda ham respublikamizning eng gözal maskanlaridan biri edi. Endi u özining avvalgi şuhratini qaytarişi lozim», deya ta'kidlagandi. Ortda qolgan bir yil muddat içida bu yerda yuzlab zamonaviy imoratlar qad rostlab, obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlari avj olmoqda.

Xontoğ etagida joylaşgan şaharga qilgan sayohatimiz davomida bir olam taassurot va xotiralar oliş barobarida ona tabiatga doğ tuşirib turgan xunuk manzara guvohiga ham aylandik. Ya'ni, şahar markaziy dafn etiş joyining yuqori qismi, «Xonobod» sanatoriysi orqasidagi çoyxona pastida joylaşgan adirdagi minglab arçalar qurib-qaqşab yotibdi. «Arçalar qabristoni»ni kezar ekanmiz, suvsizlikdan qurib qolgan bu arçalarga obi-hayot ulaşgan rezina quvurlar ham quyoş nurlari ta'siridan yaroqsiz holatga kelib qolganiga közimiz tuşdi.

E'tiborimizni tortgan uşbu holat böyiça mahalliy aholi vakillarining fikr-mulohazalarini eşitdik.

«Öqituvçi va pensionerlardan pul yiğilgan»

Xonoboddagi maktablardan birida işlagan sobiq öqituvçining (u şaxsi sir tutilişini istadi) sözlariga köra, arçalar 2018 yilning mart-aprel oylarida ekilgandi.

«Şahrimizning birinçi hokimi, jonkuyar me'mori-yu boğboni Solijon Mehmonov Xonobodga 20 yildan ziyod vaqt mobaynida rahbarlik qilgan bölsa, u doim şu yerning gullab-yaşnaşiga hissa qöşib, qayerga qanday iş bilan bormasin, albatta, turli mevali va manzarali daraxt köçatlarini olib kelib, parvarişlaşni kanda qilmagan ekan. Bugun u inson ekkan daraxtlar tufayli Xonobod çiroy oçib, soya-salqindan odamlar bahramand bölişyapti. Hozirgi hokimimiz bir yil oldin «Kim özini Xonobod farzandiman, desa bir donadan daraxt eksin», deya taşabbus bildirgan. Öşanda hatto öqituvçi va pensionerlardan ham majburiy tarzda arçalar uçun pul yiğilgan. Savob va yurt obodligiga hissa qöşiş maqsadida öşa arçalarga pul berişdan oğrinmaganmiz. Ammo arçalarning hozirgi ahvolini körib, içimiz judayam açişadi. Axir bu yerga köplab odamlarning mehnati va mablaği sarflangandi-ku? Nahotki, uvoldan qörqişmasa?!», deydi u.