Jahon | 01:14 / 07.07.2019
4595
1 daqiqa o‘qiladi

Floridada gaz portlashi oqibatida kamida 20 kishi jarohatlandi

Foto: CBS

AQShning Florida shtatidagi Planteyshn shahrida gaz portlashi oqibatida kamida 20 kishi jarohatlandi.

Xabar qilinishicha, portlash shahardagi Fountains deb nomlanuvchi savdo markazi yaqinida yuz bergan.

Ijtimoiy tarmoqlarda hodisa joyidan olingan videolavhalar joylashtirildi. Lavhalarda binoning vayron bo‘lganini ko‘rish mumkin. OAVning xabar berishicha, portlash to‘lqini qo‘shni uylardagi derazalarni chil-chil qilgan.

O‘t o‘chirish xizmati boshlig‘i Joel Gordonning aytishicha, portlash natijasida kamida 20 kishi jarohatlangan. Ikki kishining jiddiy jarohatlangani aytilmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid