Senator hisoboti: «Toshkent viloyati aholisiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmat talabga mutlaqo javob bermaydi»
«Toshkent viloyatida aholiga sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilmagan. Xususan, Bo‘ka, Bekobod, Oqqo‘rg‘on, Quyi Chirchiq tumanlarida hozirgacha markazlashgan suv oqova tizimlari mavjud emas» , ─ deya ta'kidlaydi senator, Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi Bahodir Tojiyev. U bu haqda qo‘mitaning 2019 yil birinchi yarmidagi faoliyat yakunlari bo‘yicha hisobot brifingida to‘xtalib o‘tdi.
O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, Toshkent viloyatida jami 868,000ta xonadon hamda 51,600ta turli korxona va muassasalar mavjud. Ammo markazlashgan oqova suv tizimiga faqatgina 147,133ta (16 foiz) abonent ulangan xolos.
Qolgan 772,467ta xonadon va tashkilot viloyatning markazlashgan oqova suv tizimiga ulanmagan. Natijada ular talabga javob bermaydigan o‘ralardan foydalanishga majbur bo‘lmoqda.
Nurafshon shahri markaziga yaqin hududda joylashgan «Chig‘iriq» hamda Quyi Chirchiq tumanidagi «Yuksalish» oqova suv tarmoqlari avariyali holatga kelib qolganligi sababli ularda oqova suvlarni tozalash mexanizmlari umuman mavjud emas. Buning oqibatida undan chiqayotgan oqova suvlar biologik va kimyoviy tozalashdan o‘tmay turib Izza kanaliga oqizilmoqda.
Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatdan o‘tgan umumiy aholi soni 2,8 milliondan ortiq. Shunga qaramay, 2,3 milliondan ortiq aholi vakillari yoxud 86 foiz viloyat fuqarolari oqava suv tarmog‘iga ulanmagan.
Prezident farmoniga ko‘ra, suv ta'minoti va kanalizatsiya obektlarini zamonaviylashtirish va ta'mirlash, mazkur soha faoliyatini muvofiqlashtirish, boshqaruvni ta'minlash Uy-joy va kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi ning asosiy vazifasi hisoblanadi. Ammo vazirlik ham o‘z vazifalarini yetarli uddalay olmayapti.
Senator Tojiyevning qayd etishicha, vazirlik Prezident qarorida belgilangan Yangiyo‘l, Chinoz va Bo‘stonliq tumanlarida oqava suv quvurlarini rekonstruksiya qilishga doir tadbirlar ko‘rsatilgan muddatlarda bajarilmagan.
Mavzuga oid
14:12 / 15.11.2024
Dilshod Sultonov shahar hokimligidan ham ketdi
08:14 / 14.11.2024
Toshkent viloyatida “zakladchiklar” qo‘lga olindi
13:38 / 08.11.2024
Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi
21:15 / 07.11.2024