Har yili qiş va erta bahorda bozorda meva va sabzavotlar narxi sezilarli darajada yuqorilaydi. Buning sababi köpçilikka juda oddiy tuyulişi mumkin: pişiqçilikkaça hali bor.

Narxlar dinamikasi nimani körsatadi?

Davlat statistika qömitasining bergan ma'lumotiga köra, 2018 yil davomida oziq-ovqat narxlari yanvar oyida maksimal ösiş nuqtasiga – 3,5 foizga yetgan bölsa, iyul oyiga kelib -2,3 foizga pasaygan. Va butun yil davomida narxlar kötarilişi borasida yetakçilik har bir yirik guruhning salmoq vaznlarini hisobga olgan holda oziq-ovqat mahsulotlari guruhiga taalluqli bölgan.

Oziq-ovqat tovarlari orasida esa meva-sabzavot mahsulotlari iste'mol narxlari indeksi ösişi borasida ta'sir darajasi böyiça yetakçilik qilgan.

Şuningdek, oylar tahlili böyiça tovarlar narxi sezilarli darajada oşişi va tuşişi ham bevosita meva-sabzavotlarning arzon-qimmatligiga boğliq bölgan. Masalan, tovarlar narxining qimmatlaşi yanvar 3,0 foiz, dekabr 2,3 foiz, katta farq bilan iyun oyida 0,6 va iyulda 0,5 foizni taşkil qilgan.

Ma'lumotga köra, 2017 yil dekabriga nisbatan 19,5 ösiş bilan meva va sabzavot narxlarining eng yuqori çöqqisi 2018 yil hisobida aprelga töğri kelgan. Eng past darajasi esa avgustda 20,5 foiz pasayişi bilan qayd etilgan.

Statistika qömitasi maydan avgustgaça bölgan davrni «Bozorlarning hosil bilan töyiniş davri» deb ataydi. Va ayni şu davrda narxlar ham mö'tadillaşadi.

Biroq oxirgi ma'lumotlarga köra, bu yil may oyida ham meva, sabzavot va kartoşkaning narxi ötgan yil şu paytga nisbatan bahorgi özgaruvçan iqlim ta'sirida 0,4 foizga kötarilgan.

«Balansni tutib turiş mumkin»

Qöşni Qozoğistonda meva va sabzavotlarning bozordagi ta'minotini bir xilda uşlab turiş masalasiga yeçim sifatida mahsulotni saqlaş tizimi töğri taşkil qilinişi ham körsatilgan.

Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Taraqqiyot Dasturining Özbekistondagi vakolatxonasi rivojlanayotgan mamlakatlarning ma'lumotiga tayanib, yiğib olingandan keyin qayta işlaş va mahsulotning ekin maydonidan sönggi iste'molçiga yetkazişgaça bölgan taşiş vaqtidagi saqlaş notöğri taşkil etilişi tufayli yetiştirilgan mahsulotning 25-40 foizi nobud böladi, deya axborot bergan.