Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sud Trampga Twitter’da foydalanuvchilarni bloklashni taqiqladi
Nyu-York hakamlik sudi AQSh prezidenti Donald Tramp Twitter’dagi akkauntida foydalanuvchilarni tanqidiy fikrlar uchun bloklay olmasligi haqida qaror chiqardi.
2018 yil mayida Nyu-Yorkning Manxetten tumanidagi federal sud Tramp Twitter’da ba'zi foydalanuvchilarni bloklab, so‘z erkinligini buzayotganini aytgan va bu foydalanuvchilardan taqiqlovni olishni talab qilgan. Keyinroq AQSh Adliya vazirligi sudning ushbu qarori ustidan shikoyat qilgan.
“Konstitutsiyaga 1-tuzatma ijtimoiy tarmoqlarda turli rasmiy maqsadlar uchun akkauntga ega mansabdor shaxsga odamlar ushbu mansabdor shaxs qo‘llab-quvvatlamaydigan qarashlarni bildirishgani uchun ularni onlay-muloqotdan istisno qilishiga yo‘l bermaydi”, deyilgan sud qarorida.
Trampga qarshi da'vo arizasi u bloklagan 7 foydalanuvchi tomonidan 2017 yilda topshirilgan.