14:40 / 09.07.2019
17600

Toshkentda qator avtobuslarning harakatlanish yo‘nalishi o‘zgarmoqda

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahrida 2019-2020 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda bu bo‘yicha yo‘llarda qurilish va ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan aksariyat markaziy yo‘llarda transportlar harakati cheklanmoqda.

Jumladan, Toshkent shahri Nukus ko‘chasida yer osti quvurlari va kommunal o‘tkazmalari tarmoqlarida olib borilayotgan ta'mirlash ishlari sabab keyingi ikki oy davomida harakatlanish qisman cheklanadi. 

Mazkur holatni inobatga olib, Nukus ko‘chasidan o‘tuvchi avtobus yo‘nalishlarini yo‘lovchilar uchun qulay bo‘lgan yo‘llardan  harakatlantirish maqsadida “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan chora-tadbirlar belgilandi. 

Unga ko‘ra, joriy yil 9 iyuldan 22, 55, 26, 37, 12, 81, 16, 60, 127-avtobus yo‘nalishlarini yo‘llarning transport harakati cheklangan qismida Nukus ko‘chasiga yaqin bo‘lgan Turkiston, Amir Temur, T.Shevchenko, Oybek, Kichik halqa avtomobil yo‘llari orqali davom ettirilishi belgilandi.

Yo‘nalishni o‘zgartirganda hamda ta'mirlanayotgan yo‘lning harakat cheklanmagan qismidan o‘tayotganda, yo‘l harakati xavfsizligi va yo‘lovchi tashish qoidalariga to‘liq amal qilish bo‘yicha haydovchilar o‘rtasida alohida yo‘riqnoma o‘tkazildi.

Top