Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 dekabrda Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasida mamlakatimiz siyosiy hayotida muhim ahamiyatga ega bölgan saylov qonunçiligi bir qator qonun va qonunosti hujjatlaridan iborat bölsada, afsuski, hanuz yaxlit bir hujjat şakliga keltirilmaganini ta'kidlab, xalqaro norma va standartlarga javob beradigan Özbekiston Respublikasining Saylov kodeksini işlab çiqiş va qabul qiliş vazifasini qöygan edi.
Binobarin, amaldagi saylov qonunçiligi huquqni qöllaş amaliyotida ayrim murakkabliklarni keltirib çiqarayotgan edi. Aniqroq qilib aytganda, bunga saylov jarayonini taşkil etiş va ötkazişning aksariyat tartib-taomillari tarqoq holda bir neçta qonunlar bilan tartibga solingani, aksariyat qoidalar takrorlanişi, şuningdek ayrim öta muhim masalalar qonun darajasida emas, balki Markaziy saylov komissiyasining tegişli nizomlari va yöriqnomalari bilan belgilangani ular örtasida ba'zi nomuvofiqlik va qarama-qarşiliklarni vujudga keltirayotgan edi.
Ayni paytda, saylov qonunçiligining ba'zi normalari demokratik saylovlarni taşkil etiş va ötkazişning zamonaviy talablari va xalqaro amaliyotiga töliq hamohang emas edi. Masalan, parlamentda barça siyosiy kuçlar uçun teng şaroitlar yaratilgan bir paytda Özbekiston Ekologik harakati vakillariga parlament quyi palatasida oldindan belgilangan kvota asosida örin ajratilişi ularning faol va taşabbuskor bölib işlaşini muayyan darajada susaytirayotgandi.
Saylov kodeksini işlab çiqişda xalqçil va xalqaro tamoyillar inobatga olindi
Eng ilğor xalqaro standartlar asosida, qisqa fursat içida mustaqil Özbekiston tarixida ilk bor Saylov kodeksi loyihasi işlab çiqildi va qabul qilindi.
Saylov kodeksi loyihasini tayyorlaş jarayonida saylov qonunçiligi töliq xatlovdan ötkazildi. Mamlakatimizda saylovlarni taşkil etiş böyiça töplangan amaliyot umumlaştirildi. Rivojlangan davlatlarning boy tajribasi örganildi, ularning ijobiy yutuqlari asosida samarali, xalqçil normalarni işlab çiqiş böyiça keng kölamli işlar amalga oşirildi.
Mazkur kodeks tarqoq holdagi 5ta qonun («Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi töğrisida», «Fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlari töğrisida», «Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov töğrisida», «Xalq deputatlari viloyat, tuman, şahar Kengaşlariga saylov töğrisida», «Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi töğrisida»gi) va Markaziy saylov komissiyasining saylovlarni taşkil etiş va ötkazişga oid önlab qaror va yöriqnomalarini yagona qonun hujjatida özida mujassam etdi.













