Saylov kodeksining 44-moddasiga köra, saylov kuni va ovoz berişga bir kun qolganida taşviqotga yöl qöyilmaydi.
Prezident saylovi 2021 yil 24 oktyabrga belgilangani tufayli, şu kuni va 23 oktyabr kuni saylov böyiça har qanday körinişdagi taşviqot olib boriş taqiqlanadi.
Şuningdek, Saylov kodeksining 103-moddasiga binoan, 23 va 24 oktyabr kunlari jamoatçilik fikri sörovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini, ötkazilayotgan saylov bilan boğliq boşqa tadqiqotlarni e'lon qiliş (hammaga ma'lum qiliş), şu jumladan axborot tarmoqlariga, şuningdek Internet jahon axborot tarmoğiga joylaştiriş taqiqlanadi.
Saylov töğrisidagi qonunçilikni buzganlikda aybdor şaxslar belgilangan tartibda javobgar böladi. Xususan, saylovoldi taşviqotini olib boriş şartlari va tartibini nomzod, işonçli vakil, siyosiy partiya vakili, mansabdor şaxs tomonidan buziş MJtKning 51-5-moddasiga asosan 7 baravaridan 10 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi. Şuningdek, jamoatçilik fikri sörovlari natijalarini, saylov yoki referendum natijalari taxminlarini, şuningdek saylov yoki referendum bilan boğliq boşqa tadqiqotlarni çop etiş (e'lon qiliş) tartibini buziş MJtKning 51-9-moddasiga asosan, mansabdor şaxslarga BHMning 15 baravaridan 20 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Ma'lumot uçun, saylovoldi taşviqoti — saylov kampaniyasi davrida amalga oşiriladigan va saylovçilarni nomzodni yoki siyosiy partiyani yoqlab ovoz berişga undaşga qaratilgan faoliyatdir.














