2021 yil 4 may kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida bir guruh deputatlar tomonidan işlab çiqilgan — “Özbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi birinçi öqişda körib çiqildi.

Ta'kidlanganidek, tayyorlangan mazkur qonun loyihasi bilan Saylov kodeksining 11ta moddasiga özgartiş va qöşimçalar kiritilmoqda.

Qonun loyihasi saylovçilar bilan uçraşuvlar kabi ommaviy tadbirlarni tuman (şahar) hokimliklarini kamida uç kun oldin yozma ravişda xabardor qilgan holda ötkaziş, bunda, uşbu tadbirlarni ötkaziş uçun ruxsatnoma talab etilmasligi, saylovçilar partiyani yoxud Özbekiston prezidentligiga nomzodlarni qöllab-quvvatlab imzo qöyganda ma'lumotnomada identifikatsiya ID-kartasi seriyasi va tartib raqamini kiritiş kabi normalar bilan töldirildi.

Bundan taşqari, loyiha bilan saylov komissiyalari harakatlari va qarorlari ustidan berilgan şikoyatlar faqat sud tomonidan körib çiqilişi, Özbekiston prezidenti saylovini ötkaziş böyiça okrug saylov komissiyasi 11-18 nafar a'zodan iborat tarkibda tuzilişi taklif etilmoqda.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.