Qonun loyihasida Saylov kodeksining quyidagi uçta moddasiga qöşimçalar kiritiş nazarda tutilmoqda.

28-moddada:

  • Markaziy saylov komissiyasi saylovçilarning röyxatini şakllantirişda şaxsga doir ma’lumotlarga işlov beriş tartibini “Şaxsga doir ma’lumotlar töğrisida”gi qonunga muvofiq mustaqil amalga oşirişini belgilaş;
  • saylovçilarning röyxatidan saylov komissiyalari mazkur uçastka hududida yaşovçi aholini uyma-uy aylanib çiqiş yöli bilan aniqlaştiriş uçun, saylov kuni ovoz beriş uçun kelgan saylovçiga imzo qöydirib saylov byulletenini berişda foydalaniş maqsadini körsatib uşbu röyxatlarni rasmga oliş, video tasvirga tuşiriş yoki boşqa yöllar bilan köpaytiriş va tarqatiş, şu jumladan internet tarmoği va ijtimoiy tarmoqlarga barça tanişişi mumkin tarzda, oçiq joylaştiriş taqiqlanişini belgilaş.

29-moddada: uçastka saylov komissiyasi binosida osib qöyiladigan saylovçilar röyxatida har bir saylovçining faqat familiyasi, ismi, otasining ismi va tuğilgan yilini körsatiş orqali hamma tanişib çiqişi uçun taqdim etilişini belgilaş.

35-moddada: saylovçining şaxsini tasdiqlovçi hujjatini saylovçilarning röyxatini aniqlaştiriş, imzo varaqasini töldiriş, saylov byulletenini oliş jarayonlarida ommaviy axborot vositalari, telekommunikatsiya tarmoqlari, şuningdek internet orqali barça tanişişi mumkin tarzda körsatişni taqiqlaş.

Bildirilişiça, qonun loyihasini qabul qiliş milliy saylov qonunçiligini umume’tirof etilgan xalqaro saylov standartlari asosida yanada takomillaştirişga va fuqarolarning şaxsga doir ma’lumotlari himoyasini ta’minlaşga xizmat qiladi.