Bugun, 10 iyul kuni Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar xonasida Energetika vazirligi mutasaddilari iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi.

Tadbirda sözga çiqqan «Issiqlik elektrostansiyalari» AJ raisi Ruslan Mubarakşin Özbekiston energotizimi tarixi va bugungi kuni va kelajagiga oid qiziqarli ma'lumotlar bilan örtoqlaşdi.

Ma'lum bölişiça, energotizim böyiça ilk qadam bundan rosa 110 yil muqaddam, 1909 yilda qöyilgan. Toşkentning Dizelnaya köçasi böylab qatnovçi tramvay uçun 135 kVt.soatli dizel elektronstansiya işga tuşirilgan. 1913 yilga kelib aholiga ham elektr energiyasi yetkazila boşlangan va 2 km.lik dastlabki liniya tortilgan. Ötgan asrning 20-30 yillarida faol tarzda gidroelektrostansiyalar qurila boşlangan va eng qiziği ularning aksariyati hozirgi kunda ham işlab turibdi.

Ikkinçi jahon uruşi paytida ham yirik elektrostansiyalar, jumladan Angren AESi ham işga tuşirilgan va ularning quvvati bilan okkupatsiya qilingan hududlardan köçirib kelingan zavod-fabrikalar işlagan.

Mustaqillikdan keyin işga tuşirilgan Tolimarjon AESi yillik 900 megavatt quvvati böyiça Markaziy Osiyoda tengi yöq hisoblanadi va MDH davlatlari orasida uçta şunday GES bor.

Respublikaning eneretika tizimidagi 49 taşkilotda 45 mingdan ortiq kişi mehnat qiladi. Elektr energiyasi işlab çiqarişda 80 foiz gaz, 6 foiz kömir, 2-2,5 foiz mazut kabi yoqilğilardan foydalaniladi.

Sohaning yillik aylanma mablaği 13 trln söm atrofida bölgani holda 2019 yilda 783 mlrd söm ta'mirlaş işlariga sarflanadi. Xorijda umumiy tuşumning kamida 10 foizi ta'mirlaşga sarflanişi kerak, bizda bu körsatkiç 6-7 foizni taşkil qiladi. 2019 yilda 4 mlrd dollarlik modernizatsiya işlari rejalaştirilgan bölsa, hozirga qadar 2,7 mlrd dollarlik işlar bajarilgan. Kelajakda, 2021 yilga qadar barça iste'molçilarni ASKUE tizimi orqali tölovga ötkaziş rejalaştirilgan.

Jurnalistlarni eng köp qiziqtirgan savol tabiiyki uzilişlarga qaçon çek qöyilişi va öz energiya mustaqilligimizga neça yildan erişişimiz töğrisida böldi.

Ma'lum qilinişiça, faqat issiqlik elektrostansiyalari orqali 2020 yildan boşlab işlab çiqariş hajmi har yili örtaça 2-3 mlrd kVt.soatdan oşirib boriladi va 2025 yilga kelib hozirgi 58 mlrd kVt.soatdan 78 mlrd kVt.soatga, 2030 yilga borib esa 88 mlrd kVt.soatga yetkaziladi. Bundan taşqari, 2030 yilgaça tiklanuvçi energiya manbalari orqali işlab çiqarişning umumiy hajmini 110-120 mlrd kVt.soatga yetkaziş rejalaştirilgan.