2026 yil 1 iyuldan boşlab turar joy mulkdori köp kvartirali uyning bank hisobvarağiga majburiy tölovni (kvartplata) oyning 15-sanasiga qadar amalga oşirmasa, uning elektr energiyasi uçun tölovlarini qabul qiliş qarzdorlik töliq qoplangunga qadar töxtatib qöyiladi. Bu haqda prezidentning 5 fevraldagi köp kvartirali uylarni boşqariş tizimini takomillaştirişga oid qarorida belgilangan.
Qayd qilinişiça, köp kvartirali uyning bank hisobvarağidagi mablağlar har oyda, birinçi navbatda, uyning elektr energiyasi tölovi uçun (pod’yezd, zinapoya, yölakni yoritiş, lift işlaşi, uy atrofidagi hududni yoritiş, nasos va boşqa umumiy uy ehtiyojlari uçun) yönaltiriladi.
Bundan taşqari, mulkdor tomonidan majburiy tölovlar keçiktirilgan har bir kun uçun tölov summasidan penya (jarima) hisoblanadi:
- Yuridik şaxslar uçun — 0,4%;
- Jismoniy şaxslar uçun — 0,1%.
Bunda penya miqdori har bir oy uçun keçiktirilgan tölov summasining 50 foizidan oşib ketmasligi kerak.
Hisoblangan penya mablağlari teng uluşlarda köp kvartirali uyning bank hisobvarağiga hamda «Mening uyim» tizimini saqlaş xarajatlarini qoplaşga yönaltiriladi.
Ta’kidlanişiça, majburiy tölovlar faqat bank kartalari, elektron tölov tizimlari yoki bank kassalari orqali amalga oşiriladi.

















