Ba'zi davlat idoralariga murojaat bilan borganda, asosli-asossiz «mumkin emas» iborasini qöllaşadi, bu «mumkin emas»ning sababi, asosi körsatilmaydi, deb yozmoqda «Oila davrasida» muxbiri Şerali Otaboyev.
«Qaysi taşkilotga eşik qoqib bormaylik, «mumkin emas» degan iborani eşitiş ostonadan boşlanadi. «Kiriş mumkin emas». Xalqqa xizmat qilişi kerak bölgan taşkilotning oldiga qöyilgan qöriqçi xalqning özini «kiriş mumkin emas» degan ibora bilan ortga qaytaradi. Sababini suriştirsangiz, «bilmaymiz, yuqorining topşiriği», deya oğzingizga uradi.
Bir amallab içkariga kirişga muvaffaq bölasiz. Ammo içkarida ham yana öşa gap: «mumkin emas». Bu iborani bot-bot takrorlayotgan mulozim nega mumkin emasligini özi ham bilmaydi. Qabuldagi insonning savollariga beradigan 80 foiz javobi ham «mumkin emas» böladi. Sababini sörasangiz, javobning özi yöq.
Bu navbatçi gap qarşimizda har kuni paydo bölişi şu darajada odatiy holga aylanganki, mumkin emas ekan, deb ketaverişga odatlanib bölganmiz. Aslida esa «mumkin emas» degan ibora qonunga zid bölgan harakatga nisbatan işlatilişi kerak.
Har kuni, har soatda, har daqiqada, har joyda aytilayotgan mana şu birgina «mumkin emas» degan rad javobining sababini qonuniy asoslab berişini har bir mas'ul şaxsga majburiyat qilib qöyiş kerak.
Uşbu «sehrli» sözni aytdimi, uning sababini ham aytsin, agar qölidan kelsa. Ular özining ilmsizligi va xatosini birgina «mumkin emas» degan navbatçi ibora bilan yaşirişlariga imkon bermasligimiz lozim.
Hayotiy tajribaga asoslanib, hisob-kitob qilib körsangiz, qayda korrupsiya ildiz otgan bölsa, şu joyda mana şu «sehrli söz» köp va xöp işlatiladi. «Mumkin emas» qaydadir köp işlatilyaptimi, demak, şu joyda qandaydir ğirromliklar avj olgan.
Ozgina jiddiyroq taşkilotga kirişingiz bilan içkaridagi maxsus odamlar «tasvirga tuşiriş mumkin emas», «telefon olib kiriş mumkin emas» va hokazo talablarni oldingizga qalaştirib qöyişadi. Sababini sörasangiz, yana öşa gap, «aytiş mumkin emas». E'tibor qilsangiz, bunday taşkilotlarga işga olinadigan xodimlarning çehralari ham oğizlaridan çiqadigan javoblariga xos va mos.
Bir zamonlar jamoat joylarida faqat «çekiş mumkin emas» degan yozuvni körar edik. Ana şu taqiq belgisidan örnak olib özbek tilidagi har bir fe'l bilan birga «mumkin emas» iborasini işlatişni örganib oldik. Misol uçun, kiriş, çiqiş, tasvirga oliş, gapiriş, söraş, eşitiş, biliş, yaşaş, öliş kabi sözlardan keyin «mumkin emas» degan gapni qöysak, har qanday murakkab savolning ham javobi naqd bölib qoladi.












