Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston elchisi Angela Merkel bilan uchrashdi
2019 yilning 9 iyul kuni O‘zbekistonning Berlin shahridagi elchisi Nabijon Kasimov Germaniya Federal kansleri Angela Merkel taklifiga binoan Germaniyada akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik missiyalar va xalqaro tashkilotlarning rahbarlari uchun “Mezeberg” hukumat qarorgohida o‘tkazilgan rasmiy qabulda ishtirok etdi.
Qabul chog‘ida Merkel bilan qisqa suhbat bo‘lib o‘tib, kansler yarim yil ichida amalga oshirilgan ikkita oliy darajadagi tashrif – Prezident Shavkat Mirziyoyevning yanvar oyida Germaniyaga va Prezident Frank-Valter Shtaynmayyerning may oyida O‘zbekistonga tashriflari yakunlaridan mamnunligini bildirdi. Kansler tashrif yakunlariga o‘ta muvaffaqiyatli va sermahsul deb baho berdi.
Germaniya hukumati rahbarining fikricha, oliy darajadagi mazkur tashriflar ikki davlat o‘rtasida turli sohalardagi ishonchli munosabatlar va o‘zaro manfaatli hamkorlikning faollashuviga xizmat qiladi.
Merkel O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga o‘zining ehtirom va eng ezgu tilaklarini yetkazib qo‘yishni so‘radi.
Mavzuga oid
11:58 / 17.03.2026
Berlin aeroporti 18 mart kuni ish tashlash sababli barcha reyslarni bekor qiladi
15:13 / 28.02.2026
XVJ Kiyevga 8 mlrd dollarlik to‘rt yillik kreditni ma’qulladi
12:49 / 30.01.2026
Berlin ballistikaga qarshi yangi sun’iy yo‘ldosh dasturini boshlamoqda
15:41 / 07.01.2026