Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik tennischi yigitlar Butunjahon talabalar univerciadasida finalga chiqdi
Italiyaning Neapol shahrida Butunjahon talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan Univerciada-2019 o‘yinlari davom etmoqda. Musobaqaning juftlik va yakkalik bahslarida ketma-ket zafar quchib kelayotgan tennischi yigitlarimiz Humoyun Sultonov va Sanjar Fayziyev bugun yana bir muhim g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Erkaklar o‘rtasidagi juftlik bahslarining yarim final o‘yinida xitoylik Xao Vu va Shuai Xuga qarshi kortga chiqqan vakillarimiz 7/6 (2), 6/2 hisobida zafar quchib, univerciadaning finaliga yo‘l olishdi.
Musobaqaning juftlik bahslarini ikkinchi davradan boshlagan Humoyun Sultonov va Sanjar Fayziyev dastlabki o‘yinda tailandlik tennischilarni, to‘rtinchi davrda Janubiy Afrika hamda chorak finalda Xitoy Taypeyi vakillarini mag‘lubiyatga uchratishgan edi.

Ertaga, 12 iyul kuni o‘tkazilayotgan final o‘yinida vakillarimiz koreyalik Seochan Hong va Sanhui Shin juftligiga qarshi kortga tushadilar.
Hal qiluvchi bahsda ham yigitlarimizdan g‘alaba kutib qolamiz.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati
Mavzuga oid
08:20 / 21.10.2024
Borrel BMTning Livandagi missiyasi kuchaytirilishini istisno etmadi
16:10 / 17.09.2019
Chempionlar ligasi qaytdi, Lempard ham. Kun o‘yinlari anonsi
22:42 / 06.07.2019
Universiada-2019. O‘zbekiston delegatsiyasi uchinchi medaliga ega bo‘ldi
17:27 / 15.02.2017