Falastinning Hamas harakati yetakçisi Yahyo Sinvarning Ğazo sektorida isroillik harbiylar tomonidan öldirilişi Yaqin Şarq mintaqasida öt oçişni töxtatiş imkoniyatlarini oşirişi mumkin. Bu haqda Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel 19 oktyabr, şanba kuni Neapolda «katta yettilik» mudofaa vazirlari bilan uçraşuvda aytib ötdi.

«Sinvarning öldirilişidan söng yangi istiqbol oçildi va biz undan öt oçişni töxtatişga erişiş, qolgan (isroillik) garovga olinganlarni ozod qiliş va siyosiy istiqbolni topiş uçun foydalanişimiz kerak», — deya uning sözlarini keltiradi Reuters.

Yevropa diplomatiyasi rahbari UNIFIL tinçlikparvarlik missiyasi BMT Xavfsizlik Kengaşi qarori bilan kengaytirilişi mumkin, deb hisoblaydi.

Nemis harbiy kemasi Livan qirğoqlari yaqinida dronni urib tuşirdi

17 oktyabr kuni soat 7.00 lar atrofida BMTning UNIFIL qöşinlari tarkibida Livan qirğoqlari yaqinida joylaşgan Germaniyaning Ludwigshafen am Rhein korveti yaqinlaşib kelgan dronni qaytardi. Bu haqda dpa agentligi Bundesver qömondonligi vakili ma’lumotlariga tayanib xabar berdi. Dron mojaro iştirokçilaridan birortasiga tegişli ekanligi ma’lum qilinmagan, biroq uning qismlari allaqaçon dengizda topilgan va hozirda Germaniya harbiylari tomonidan tekşirilmoqda.

Agentlik ma’lumotlariga köra, uçuvçisiz uçiş apparati Naqurahdan (Livan janubidagi kiçik şahar, 1978 yildan buyon u yerda BMT kuçlari joylaşgan) şimoli-ğarbda foydalanilgan va qirğoqdan ança uzoqda bölgan holda kemaga yaqinlaşgan.