Jahon | 17:27 / 15.02.2017
3702
1 daqiqa o‘qiladi

NATO Neapolda Liviya va Iroqdagi vaziyat nazorati uchun markaz tashkil qiladi

NATO Italiya janubidagi Neapol shahrida Liviya va Iroqdagi vaziyatni nazorat qilish maqsadida qo‘mondonlik markazi tashkil etadi. Bu haqda tashkilot bosh kotibi Yyens Stoltenberg ma'lum qilgan.

«Neapoldagi qo‘mondonlik markazi Liviya va Iroqdagi favqulodda holatlarga tezkorlik bilan reaksiya bildirish imkonini beradi», —degan Stoltenberg.

Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, bu Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada terrorizmga qarshi kurashda samaradorlikni ta'minlaydi.

Bundan oldingi xabarlarda, NATOga a'zo mamlakatlarning mudofaa xarajatlari miqdori 2016 yilda 10 mlrd dollarga oshgani ma'lum qilingandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid