O‘zbekiston | 19:58 / 12.07.2019
5179
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zkimyosanoat» tizimidagi yirik korxonalar xususiy investorlarga sotiladi

Bugun, 12 iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «O‘zkimyosanoat» AJ rahbari va mutasaddilari ishtirokida «Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Prezident Qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

«O‘zkimyosanoat» AJ boshqaruvi raisi Odil Temirov bergan ma'lumotlarga ko‘ra, ishlab chiqarish korxonalaridagi davlat ulushi va «O‘zkimyosanoat» AJga tegishli ulushlarini investorlarga investitsiya kiritish sharti bilan sotish rejalashtirilmoqda. Investorlardan tarmoqqa yangi, zamonaviy, energiya tejamkor texnologiyalar olib kirish, xalqaro ekologik me'yorlarga rioya etish talab etiladi.

«Jami 8ta yirik korxona – Qo‘ng‘irot soda zavodi, «Farg‘onaazot» AJ, Dehqonobod kaliy zavodi, Jizzaxdagi rezina texnika zavodi va boshqa korxonalarning davlat ulushi va «O‘zkimyosanoat» AJ ulushlarini xususiy investorlarga sotish belgilangan», — deya Temirovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Аброр Зоҳидов
Tayyorlagan Аброр Зоҳидов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid