Rossiya - Qozog‘iston chegarasida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida mojaro sodir bo‘ldi. TIV rasmiy bayonot bilan chiqdi
O‘zbekistonning Olmaota shahridagi (Qozog‘iston) Bosh konsulxonasi mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma'lumotiga tayanib, 2019 yilning 11 iyul kuni Rossiya-Qozog‘iston chegarasida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida sodir bo‘lgan mojaro to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoni tasdiqladi.
G‘arbiy-Qozog‘iston viloyati Ichki ishlar departamenti ma'lumotiga ko‘ra, mazkur mahalliy nizo oqibatida hech kim jabrlanmagan hamda Qozog‘iston huquqni muhofaza qiluvchi organlariga hech qanday ariza kelib tushmagan.
Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘istonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda O‘zbekistonning Nur-Sulton shahridagi Elchixonasiga (Nur-Sulton shahri, Aqmo‘la, Shimoliy Qozog‘iston, Pavlodar, Qostanay va Qarag‘anda viloyatlari, tel.: +7-717-295-42-52); Aktau shahridagi Bosh konsulxonaga (Aqto‘be, Atirau, G‘arbiy Qozog‘iston va Mangistau viloyatlari, tel .: +7-729-277-71-17); Olmaota shahridagi Bosh konsulxonaga (Olmaota shahri, Chimkent shahri, Olmaota viloyati, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari, tel.: +7-727-291-11-78) murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan.
Mavzuga oid
09:30 / 28.10.2024
Bryansk gubernatori chegarani yorib o‘tishga urinish haqida ma’lum qildi
08:10 / 24.10.2024
Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida bojsiz maxsus savdo zonasi tashkil etilishi mumkin
13:50 / 12.10.2024
YeI avtomatlashtirilgan chegara tizimini ishga tushirishni kechiktirdi
21:27 / 09.10.2024