Jahon | 23:47 / 12.07.2019
7204
1 daqiqa o‘qiladi

Somalida siyosatchilar yig‘ilgan mehmonxonaga hujum qilindi

Foto: Farah Abdi Warsameh / AP

Somalining Kismayo shahrida terrorchilar mahalliy siyosatchilar va oqsoqollar yig‘ilgan Asasey mehmonxonasiga hujum qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi. 

Siyosatchilar shaharga mamlakatda o‘tadigan mahalliy saylovlarni muhokama qilish uchun kelishgan. Politsiyada ma'lum qilinishicha, dastlab mehmonxonada portlash sodir etilgan, so‘ngra otishma boshlangan. 

Hujum uchun javobgarlikni Somalining “Ash-Shabob” radikal guruhi o‘z zimmasiga olgan. Guruh vakillarining ta'kidlashicha, dastlab bino oldida xudkush o‘zini portlatgan, so‘ngra qurollangan jangarilar binoga bostirib kirgan. Ma'lum qilinishicha, voqea joyida to‘qnashuvlar davom etmoqda, binoda esa ko‘plab jasadlarni ko‘rish mumkin.

Somalilik jurnalist Husayn Muhammad ma'lumotlariga ko‘ra, hujum qurbonlari orasida jurnalistlar va siyosatchilar bor. Ular orasida taniqli mahalliy senator Ahmad Hoshiy ham bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid