Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Mudofaa to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi
2019 yil 12 iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar mamlakat ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta'minlashga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini muhokama qildilar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, majlis kun tartibiga kiritilgan masala — “Mudofaa to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qizg‘in muhokama qilindi.
U “Mudofaa to‘g‘risida”gi qonunga mudofaani tashkil etishning hamda Qurolli Kuchlarni boshqarishning huquqiy asoslarini belgilash, mamlakat mudofaasini ta'minlashda davlat organlarining vakolatlarini, shuningdek, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, tashkilotlar va fuqarolar ishtirokini aniqlash bilan bog‘liq o‘zgartirishlar kiritish ehtiyojidan kelib chiqib tayyorlangan.
Deputatlarning qayd etishicha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi yurtimizning mudofaa sohasidagi qonunchilik tizimini yanada takomillashtirish, mamlakatni mudofaaga tayyorlashga qaratilgan masalalarni tartibga solishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ham qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘ldi.
Birinchi o‘qishda muhokama qilingan mazkur qonun loyihasi bilan muddatli harbiy xizmatni oddiy askarlar tarkibi lavozimlarida o‘tayotgan harbiy xizmatchilar, jumladan, oliy ma'lumotli shaxslar uchun muddatli harbiy xizmatni chaqiruv bo‘yicha ofitserlar tarkibi lavozimlarida o‘tayotgan ofitserlar uchun – o‘n ikki oy etib belgilanmoqda.
Mavzuga oid
08:22 / 05.06.2026
Qaysi davlatlar mudofaa uchun eng ko‘p mablag‘ ajratyapti?
19:05 / 26.04.2026
Soliq va tadbirkorlik sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirildi
08:28 / 24.04.2026
Reyting: dunyodagi eng yirik 15 ta mudofaa budjeti
08:53 / 22.04.2026