Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muqaddam sudlangan o‘g‘rilar yana o‘g‘irlik sodir qilishdi
2019 yil 11 iyul kuni soat 11:00larda Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi 28 yoshli N.T. ismli ayol Chust shahrida joylashgan “Chust dehqon” bozori savdo rastasida savdo qilayotgan vaqtida 2 noma'lum shaxs uni chalg‘iganligidan foydalanib, 1 500 000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni muqaddam sudlanganlar Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri Paxtakor ko‘chasida yashovchi 27 yoshli Sh.J. va Qo‘qon shahar Muqimiy ShFYda yashovchi 26 yoshli A.G‘.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:37 / 07.07.2026
Toshkentda onlayn qimor uchun mashina o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi
09:35 / 04.07.2026
Namanganda narkolaboratoriya fosh etildi
20:20 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan xalqaro gullar festivalining mehmoni bo‘ldi
17:48 / 23.06.2026