O‘zbekiston | 17:40 / 14.07.2019
36061
2 daqiqa o‘qiladi

Kelayotgan haftada qanday ob-havo kutilmoqda?

Foto: Facebook /Slava Stepanov

Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan kelgusi haftada kutilayotgan ob-havo ma'lumoti e'lon qilindi. Unga ko‘ra, 16-19 iyul kunlari:

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 22-27, kunduzi 39-44 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 24-29, ba'zi joylarda 30-32 darajagacha, kunduzi 40-45 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 24-29, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 24-29, ba'zi joylarda 30-32 darajagacha, kunduzi 40-45 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 22-27, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 17-22, kunduzi 29-34 daraja issiq bo‘ladi.

Сарвар Рахимов
Tayyorlagan Сарвар Рахимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid