O‘zbekiston | 14:37 / 14.07.2019
10412
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida O‘zbekistondagi birinchi Chicken Hut restorani ochiladi

Foto: gtn.uz

Chicken Hut tezkor ovqatlanish restoranlar brendi hamda Yam Group kompaniyasi hammuassisi Adnan Rizvano boshchiligidagi Pokiston delegatsiyasi O‘zbekistonda bo‘lib turibdi, deb xabar berdi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Pokiston delegatsiyasi tashrifini tashkillashtirgan O‘zbekistonning Islomoboddagi elchixonasi ma'lumot berishicha, Toshkent viloyati hokimiyatida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar natijasiga ko‘ra, Nurafshon shahrida Pokiston kapitali ishtirokida qurilish va umumiy ovqatlanish sohasiga ixtisoslashgan «Luxury Gates» xorijiy korxonasi tashkil etildi.

Shuningdek, Nurafshon shahri hokimligi va yuqorida nomi ko‘rsatilgan kompaniya o‘rtasida besh qavatli bino qurish uchun yer uchastkasini Pokiston tomoniga sotish to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Binoning birinchi qavatida O‘zbekistondagi birinchi Chicken Hut restorani joylashadi, qolgan qavatlar esa «lyuks» toifasidagi yashash xonadonlaridan iborat bo‘ladi.

 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid