Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Foto: TIV axborot xizmati
2019 yilning 15 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Afg‘oniston Islom Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Ahmad Holid Elmiy bilan uchrashdi.
Ishonch yorliqlari nusxasini qabul qilib, vazir elchini samimiy qutladi va birgalikda O‘zbekiston-Afg‘oniston munosabatlarini mustahkamlash va kengayishga ishonch bildirdi, deyiladi TIV xabarida.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilingan.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish va O‘zbekistonning Afg‘onistondagi infratuzilma va ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etishidan tomonlar manfaatdorligi tasdiqlangan.
Afg‘onistondagi ko‘p yillik mojarolarni tinch yo‘l bilan hal qilish jarayonlariga alohida e'tibor qaratildi, deyiladi ma'lumotda.
Elchi prezident Muhammad Ashraf G‘ani nomidan prezident Shavkat Mirziyoyevga Afg‘onistonni doimiy qo‘llab quvvatlagani uchun chuqur minnatdorchilik bildirdi va O‘zbekiston tomoniga afg‘onlararo muloqot mexanizmlarini boshlashga salmoqli hissa qo‘shgani uchun tashakkur izhor etdi, bunga o‘tgan yil mart oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha nufuzli xalqaro konferensiya sezilarli turtki berdi.
Uchrashuvda, shuningdek, bo‘lajak qo‘shma tadbirlar kun tartibi va jadvali, jumladan Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma hukumatlararo komissiyaning birinchi majlisi yuzasidan fikr almashildi.
Mavzuga oid
10:15 / 17.04.2026
Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 9 kg opiy musodara qilindi
21:04 / 09.04.2026
Afg‘on qozonlari ichiga yashirilgan 190 kilogrammdan ortiq narkotik modda to‘xtatib qolindi
08:34 / 07.04.2026
Kobulda Markaziy Osiyo va Afg‘oniston ilk muloqoti o‘tkazildi
00:22 / 06.04.2026