Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonlik 51 nafar sovrindor sportchilarga OTMda o‘qishga imtiyoz beruvchi guvohnomalar topshirildi
Andijonda, sportning turli yo‘nalishlarida xalqaro va Respublika miqyosidagi musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan 51 nafar akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta'lim maktablarining sportchi- bitiruvchilariga oliy ta'lim muassasasiga test sinovlari va qo‘shimcha imtihonsiz grand asosida qabul qilishga imtiyoz beruvchi guvohnomalarni tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi.


Tadbirda sportchilarning murabbiylari, ota-onalari ishtirok etdilar. Viloyat hokimining o‘rinbosari O‘tkirbek Shukurov, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Elyorbek G‘ulomovlar so‘z olib, sportchilar va ularning murabbiylarini qutladilar.



Imtiyozga ega bo‘lgan 51 nafar viloyat vakillari sportning - boks, dzyudo, badminton, karate, ot sporti, og‘ir atletika, chim ustida xokkey, suzish, sinxron suzish, suvga sakrash, yengil atletika, slolomda eshkak eshish, akademik eshkak eshish, o‘q otish, stol tennisi, gandbol, yunon-rum va erkin kurash bo‘yicha g‘olib va sovridor sanaladilar.
Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
16:27 / 26.06.2026
Andijonda suv va oqova suv tizimlarining rekonstruksiyasi boshlandi
08:21 / 25.06.2026