Dunyoda işsizlik körsatkiçining qisqarişi borasidagi olğa siljiş iş sifatining yaxşilanişi bilan keçmaydi, deyiladi Xalqaro mehnat taşkiloti (XMT)ning “Bandlik va ijtimoiy soha istiqbollari: 2019 yil tendensiyalari” ma'ruzasida.
Bandlik sifatining pastligi global mehnat taşkilotlarining asosiy muammosi hisoblanadi, çunki Xalqaro mehnat taşkilotining (ILO) yangi hisobotiga köra, millionlab odamlar nomunosib mehnat şaroitlariga rozi bölişga majbur.
Yangi ma'ruza - “Bandlik va ijtimoiy soha istiqbollari: 2019 yil tendensiyalari” uçun töplangan ma'lumotlar şuni körsatmoqdaki, 2018 yilda butun dunyoda işlaydigan 3,3 milliard kişidan köpçilik iqtisodiy xavfsizlik, moddiy farovonlik va imkoniyatlar tengligiga yetarli darajada ega bölmagan. Bundan taşqari, butun dunyodagi işsizlikning qisqarişi iş sifatining yaxşilanişida aks etmayapti.
XMT tomonidan e'lon qilingan ma'ruzada munosib mehnatda bir qator jiddiy kamçiliklar saqlanib qolayotgani yodga olinadi va joriy sur'atlarda Barqaror rivojlaniş maqsadlari (BRM), ayniqsa 8 BRMda bayon qilingan barça uçun munosib mehnatga erişiş köp mamlakatlar uçun noreal bölib körinadi.
“8 BRM – nafaqat töliq bandlik, balki uşbu bandlikning sifati hamdir”, - dedi Debora Grinfild, Siyosat böyiça XMT boş direktorining örinbosari. “Tenglik va munosib mehnat barqaror rivojlaniş asosidagi ikkita ustun sanaladi”.
Hisobotda yangi texnologiyalar tufayli amalga oşirilgan ayrim biznes modellar mehnat bozorining bandlikdagi rasmiyatçilik va xavfsizlik, ijtimoiy himoya va mehnat standartlari kabi sohalarida mavjud yutuqlarga putur yetkazişi haqida ogohlantiriladi.
Işga joylaşiş har doim ham munosib hayotni kafolatlamaydi, - dedi XMT Tadqiqotlar böyiça direktor, Damian Grimşou,. “Masalan, 700 million kişi band bölişlariga qaramay, öta yoki mö'tadil qaşşoqlik şaroitida yaşamoqda.
Yuqorida qayd etilgan muammolar orasida iş kuçida iştirok etişda gender tengligi tafovutini bartaraf etiş borasida olğa siljiş yöq. Ayollarning faqat 48 foizigina iş bilan band. Ayollar ham salohiyatli, biroq yetarli darajada foydalanilmayotgan işçi kuçining katta qismini taşkil etadi. Yana bir muammo norasmiy bandlik saqlanib qolayotganidadir. 2 milliard işçi, yoki dunyodagi iş kuçining 61 foizi norasmiy band deya tasniflangan. 25 yoşgaça bölgan yoşlarning har beş nafaridan bir nafaridan ortiği iş, ma'lumot yoki professional tayyorgarlikka ega emasligi ham xavotir tuğdiradi. Çunki bu holat ularning kelajakda işga joylaşiş istiqbolini xavf ostiga qöyadi.
















